15:20 / 20.08.2018
3 205

Yakkakurashchi Shohruh Xolmurodov raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi

Yakkakurashchi Shohruh Xolmurodov raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi
O‘zbekistonlik yakkakurashchi Shohruh Xolmurodov kecha Tailandning Bangkok shahrida o‘zining navbatdagi jangini nokaut bilan tamomladi.

Muay tay bo‘yicha “Super Chempion” promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan turnir doirasida mezbon sportchi Iduvbaga qarshi ringga ko‘tarilgan sportchimiz muddatidan oldin zafar quchdi.

– Biroz avval mening Xitoydagi jangim ma’lum sabablarga ko‘ra bekor qilingan edi. Shunday keyin meni ushbu turnirga qo‘yishdi. Ancha vaqtdan beri shu yerda tayyorgarlik olib borayotganim bois qiyinchiliklar deyarli bo‘lmadi. Nasib qilsa, kelasi oyda navbatdagi jangim bo‘lib o‘tadi. Bu haqda keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. Oldinda yirik turnirlarda g‘alaba qozonib, muxlislarni xursand qilishni rejalashtirganman, – deydi Shohruh SPORTS.uz internet portaliga.

Eslatib o‘tamiz, professional janglarini muay-tay sport turida boshlagan Shohruh shu vaqtga qadar 7 marta ringga chiqib, 5 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yakkakurashchi Shohruh Xolmurodov raqibini muddatidan oldin mag‘lub qildi