16:37 / 21.08.2018
3 451

Kim Chen In KXDRdagi tibbiyot sohasi ahvolidan darg'azab bo'ldi

Kim Chen In KXDRdagi tibbiyot sohasi ahvolidan darg'azab bo'ldi
KXDR oliy rahbari Kim Chen In mamlakatda tibbiyot va sog'liqni saqlash sohasining rivojlanish darajasini tanqid qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib Kun nashri xabar bermoqda.

Davlat rahbari Pxyonan-Pukto provinsiyasidagi Myoxyansan tibbiyot uskunalarini ishlab chiqarish zavodiga tashrif buyurdi. Kim Chen Inning ta`kidlashicha, korxonadagi vaziyatdan hafsalasi pir bo'lgan, shuningdek, uning qo'shimcha qilishicha, mamlakatning sog'liqni saqlash sohasida «g'ururlanadigan hech narsasi yo'q».

Uning so'zlariga ko'ra, Shimoliy Koreyaning iqtisodiyotining turli sohalarida olg'a siljishlar kuzatilmoqda, biroq, sog'liqni saqlash sohasida «ular hech qachon bo'lmagan».

«Bu sohada g'ururlanadigan hech narsa yo'q... ishlab chiqarish muhitini yaxshi saqlab turgan, uskunalarni modernizatsiya qilgan korxonaning o'zi yo'q», - deya qayd etib o'tgan Kim Chen In.

Mamlakatning oliy rahbari amaldorlarni ushbu sohadagi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga chaqirdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Kim Chen In «mo'`jizalar tarixi» haqida gapirib bergandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In KXDRdagi tibbiyot sohasi ahvolidan darg'azab bo'ldi