17:39 / 21.08.2018
4 442

Tramp: «Rossiyadan sanktsiyalarni olish uchun shartlarim bor»

Tramp: «Rossiyadan sanktsiyalarni olish uchun shartlarim bor»
Foto: «Reuters.com»
AQSh prezidenti Donald Tramp kecha, 20 avgust kuni «Reuters» agentligiga bergan intervyusida Rossiyaga qo'llanayotgan sanktsiyalarni bekor qilish imkoniyatlarini ko'rib chiqishi mumkinligini aytdi.

Buning uchun Rossiya uning shartlariga ko'nishi kerak. Uning aytishicha, bu shartlar — Moskvaning Suriya va Ukraina masalasida Vashington bilan hamkorlik qilishidir.

— Agarda ular bizning foydamizga biron nima qilishsa, men bu masalani ko'rib chiqaman. Aks holda bunday qilish niyatim yo'q, — dedi Tramp Vladimir Putin bilan uchrashuvda sanktsiya masalasini muhokama qilishmaganiga to'xtalarkan.

Eslatib o'tamiz, AQSh Rossiyaga qarshi sanktsiyalar paketini 22 avgustdan kuchga kiritmoqchi. Skripallar ishi dastak qilingan bu masalada London va Vashington Moskvani ayblamoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp: «Rossiyadan sanktsiyalarni olish uchun shartlarim bor»