Olimlar iflos havo dunyoning turli burchaklarida umr davomiyligini necha yilga qisqartirishini hisoblab chiqishdi. Tadqiqotga ko'ra, iflos havo sayyoramizdagi o'rtacha umr davomiyligini taxminan bir yilga, Osiyo va Afrikaning eng ifloslangan davlatlarida 1,5-2 yilga qisqartirar ekan.
Gap havoning o'lchami 2,5 mikrometrdan kichikroq zarralar bilan ifloslanishi haqida ketmoqda. Bunday zarralar o'pka, yurak-tomir tizimi kasalliklariga va barvaqt o'limga olib kelishi mumkin. Ifloslanishning xavfsiz me`yori bir kubmetr havoga 10 mikrogramm zarra to'g'ri kelishi hisoblanadi. Bunday me`yorni bir qator rivojlangan davlatlarda kuzatish mumkin. Biroq statistikaga ko'ra, sayyoramizning shaharlarda yashovchi 95 foiz aholisi kuchli ifloslangan havodan nafas oladi.
Texas universiteti olimlari 2016 yil uchun 185 ta davlatga taalluqli statistikani tahlil qilib chiqishdi. Aniqlanishicha, xavfsiz chegaradan oshgan ifloslanish o'rtacha kutilayotgan umr davomiyligini 1,03 yilga qisqartirgan. Ma`lumot uchun, chekish umr davomiyligini 1,82 yilga, sifatsiz ichimlik suvi 0,57 yilga, nosog'lom ovqatlanish 2,67 yilga qisqartiradi.
Aniqlanishicha, havosi nisbatan toza bo'lgan davlatlarda (AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Avstraliya) havoning ifloslanishi umr davomiyligini bir necha oyga qisqartirgan. 42 ta davlatda esa (asosan Osiyo va Afrika davlatlari) havoning mayda zarralar bilan ifloslanishi bir yildan ko'proq umrga zavol bo'lar ekan. Bu boradagi eng og'ir vaziyat Janubiy Osiyoda ekanligi qayd qilingan. Ta`kidlanishicha, bu mintaqada iflos havo saratonning barcha turlaridan xavfliroqdir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi