Avstraliyada dunyodagi eng katta sof holdagi oltin boʻlagi topildi (foto)

  • Dunyo
  • 14-09-2018, 08:31
  • 1 661
  • Австралияда дунёдаги энг катта соф ҳолдаги олтин бўлаги топилди (фото)
    Gʻarbiy Avstraliyadagi Beta Hunt konida Genri Doul ismli burgʻilovchi dunyodagi eng katta sof holdagi oltin boʻlagini topdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.

    Uning ogʻirligi 88,9 kg boʻlib, unda taxminan 63,5 kg oltin bor. Qiymati 2 mln dollar turuvchi bu boʻlakni koʻtarish uchun uch kishi saʼy-harakati talab etilgan.

    Eʼtiborlisi, Doul bu oltin boʻlagini topgandan koʻp oʻtmay 60 kgcha keladigan yana bir oltin saqlovchi boʻlakni topgan.

    16 yildan koʻproq vaqtdan beri burgʻilash bilan shugʻullanuvchi Doul avval bunday topilmani koʻrmaganini aytgan.


    Doul topilmasi shu kungacha saqlanib qolgan, eng katta oltin saqlovchi boʻlak deb hisoblanuvchi va 70 kg keluvchi “Orzu qilingan notanish”dan ogʻirroqdir. Shuningdek, 1872 yilda Avstraliyada 90 kglik “Xolterman plitasi” deb nomlangan oltin saqlovchi boʻlak topilgani haqida maʼlumot bor, biroq u eritishga topshirib yuborilgan.

    » » Avstraliyada dunyodagi eng katta sof holdagi oltin boʻlagi topildi (foto)
    Яндекс.Метрика