11:20 / 15.09.2018
5 061

“Koʻrinmas avtomobil” surati ijtimoiy tarmoqdagilarning hayratiga sabab boʻldi

"Кўринмас автомобиль" сурати ижтимоий тармоқдагиларнинг ҳайратига сабаб бўлди
Reddit foydalanuvchilari u/Tittzo taxallusli foydalanuvchi joylashtirgan “koʻrinmas avtomobil” surati borasida bir fikrga kela olishmadi.

Surat muallifining soʻzlariga koʻra, u oʻzining qora rangdagi avtomobilini shu darajada toza yuvganki, maʼlum bir rakursda u shaffof holda koʻrinadi.

Foto: Reddit

Ayrim foydalanuvchilar mashinani bir koʻrishda topa olishmaganini bildirib, ushbu suratdan hayratlanishgan.

“Uni koʻrish uchun bir oz vaqt kerak boʻldi”, — deb yozdi BananaCrackers101

“Afsungarlik”, — deya hayratlandi mjw110905.

Ayrim foydalanuvchilar esa muallifni suratni fotomuharrirda qayta ishlaganlikda aybladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Koʻrinmas avtomobil” surati ijtimoiy tarmoqdagilarning hayratiga sabab boʻldi