22:53 / 15.09.2018
4 008

Ostona aeroportiga qoʻngan samolyotda yongʻin chiqdi (video)

Ostona aeroportiga qoʻngan samolyotda yongʻin chiqdi (video)
“Eyr Astana” aviakompaniyasining Atiraudan Ostonaga parvozni amalga oshirgan Airbus A320 samolyoti aeroportga qoʻnganidan soʻng dvigatelida yongʻin chiqdi. Ushbu hodisa tasvirlangan lavha Qozogʻiston fuqaro aviatsiyasi qoʻmitasining Facebookʻdagi sahifasida eʼlon qilindi.

Aviakompaniya matbuot xizmatining bildirishicha, laynerning chap dvigatelida yengil yongʻin kelib chiqqan va aeroport yongʻin xavfsizligi xizmati uni oʻchirgan.

Xabar qilinishicha, hodisa yuz bergan paytda samolyotda 91 yoʻlovchi va 8 nafar ekipaj aʼzosi boʻlgan, hech kim jabrlanmagan.

“Aviakompaniya injenerlik xizmati dvigateldagi nuqsonni aniqlamoqda, shundan soʻng surishtiruv olib boriladi”, — deb maʼlum qildi aviakompaniya matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostona aeroportiga qoʻngan samolyotda yongʻin chiqdi (video)