08:02 / 16.09.2018
6 998

BMT Turkmanistonni dunyodagi eng “sharmandali” davlatlar roʻyxatiga kiritdi

БМТ Туркманистонни дунёдаги энг "шармандали" давлатлар рўйхатига киритди
BMT Turkmanistonni xalqaro inson huquqlari tashkilotlari, jumladan BMT bilan hamkorlik qilgan fuqarolarini taʼqib qiladigan “sharmandali” mamlakatlar roʻyxatiga kiritdi.

Roʻyxatga 38 ta davlat qayd etilgan boʻlib, Turkmaniston roʻyxatning 38-pogʻonasidan joy oldi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish mazkur hisobot haqida gapirar ekan, BMT bilan hamkorlik qilayotgan alohida shaxslarni jazolash “sharmandali amaliyot” hisoblanishini va unga barham berish lozimligini taʼkidladi.

1992 yildan beri BMT aʼzosi boʻlgan Turkmaniston tashkilot tuzilmalari bilan mustaxkam hamkorlik qilish, shunindek oʻz zimmasiga olgan xalqaro majburiyatlarni, jumladan, inson huquqlari boʻyicha majburiyatlarga amal qilishdan manfaatdor ekanligini aytib keladi.

Shunga qaramay Turkmaniston xalqaro tashkilotlar hisobotlarida yildan yilga inson huquqlari borasida jahondagi eng yomon mamlakatlar roʻyxatida qayd etilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT Turkmanistonni dunyodagi eng “sharmandali” davlatlar roʻyxatiga kiritdi