23:43 / 19.09.2018
6 799

Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini maʼlum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini maʼlum qildi
Rossiyaga qarashli Il-20 samolyoti Suriya havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Maʼlumotlarga koʻra, Il-20 Suriya kuchlariga qarashli S-200 kompleksi raketasi yordamida urib tushirilgan.

“Aks ettiruvchi effektiv yuza F-16ʻdan koʻproq boʻlgan Il-20 S-200 kompleksi raketasi bilan urib tushirilgan”, - deya aytib oʻtdi Mudofaa vazirligi vakili.

Qayd etilishicha, bunga Isroilning F-16 qiruvchilari Rossiya samolyoti orqali oʻz xatti-harakatlarini berkitishga uringani sabab boʻlgan.

Il-20 samolyotida 15 nafar rossiyalik harbiy boʻlgan.

Avvalroq, Suriyadagi Hmeymim aviabazasi 17 sentyabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yoʻqotgani xabar qilingandi.

Maʼlum qilinishicha, 17 sentyabr kechki vaqt Suriya havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari Lataqiya shahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning taʼkidlashicha, hujum dengizdan amalga oshirilgan, bir necha raketa moʻljalgacha urib tushirilgan.
Keyinroq CNN telekanali Rossiyaning Il-20 samolyoti bortida 14 nafar harbiy xizmatchi bilan Suriya havo mudofaasi kuchlari tomonidan urib tushirilgan boʻlishi mumkinligini maʼlum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Mudofaa vazirligi Il-20 kim tomonidan urib tushirilganini maʼlum qildi