15:20 / 25.09.2018
3 718

Instagram asoschilari isteʼfoga chiqmoqda

Instagram asoschilari isteʼfoga chiqmoqda

Instagram bosh direktori Kevin Sistrom va ijtimoiy tarmoqning bosh texnik direktori Mayk Kriger isteʼfo berishdi, yaqin haftalar ichida ular kompaniyani tark etadi. Bu haqda The New York Times gazetasiga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Nashr maʼlumotlariga koʻra, Sistrom va Kriger 25 sentyabr, dushanba kuni Instagram va ijtimoiy tarmoqqa egalik qiluvchi Facebook rahbariyatiga oʻz qarorlarini maʼlum qilishgan. Manbalarning taʼkidlashicha, Instagram hamasoschilari oʻz isteʼfolari sabablarini izohlashmagan, ammo ular ishdan boʻshatilganidan keyin taʼtil olishni rejalashtirayotganliklari haqida aytishgan.
Gazetadan taxmin qilishlaricha, Sistrom va Kriger Instagramʻni hozirgi kunda Facebook bilan kuzatilayotgan eng katta inqiroz tufayli tark etishga qaror qilganlar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Instagram asoschilari isteʼfoga chiqmoqda