09:54 / 26.09.2018
6 108

Noyob suv osti jonzoti tasvirga olindi (video)

Noyob suv osti jonzoti tasvirga olindi (video)

Nautilus tadqiqot kemasi jamoasi chuqur suv ostida yashovchi noyob va antiqa jonzotni videoga oldi. Bu jonzot deyarli birgina ogʻizdan iborat boʻlib, goʻyoki suvda “erib keta oladi”.

Bu jonzotning nomi kattaogʻiz yoki chuqur suv osti pelikan-baligʻi boʻlib, u 1200 metrdan 1400 metrgacha chuqurlikda yashaydi. U ogʻzini deyarli 360 gradusga ochib, oʻzidan ancha kattaroq oʻljani tuta oladi.

Olimlar videodagi jonzot baliqcha ekanligini taxmin qilishgan, chunki uning katta yoshlisi bir metrgacha uzunlikka yetadi.

Videoni tomosha qilar ekansan, undagi baliq tirik mavjudot emas, balki kompyuter grafikasidek tuyuladi.

Biologlar ushbu videoni Tinch okeanida joylashgan, dunyodagi eng katta dengiz qoʻriqxonasi – Papaxanaumokuakea milliy bogʻida suratga olishgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Noyob suv osti jonzoti tasvirga olindi (video)