Qozogʻiston poytaxti Ostonada NUR.KZ yangiliklar saytining jurnalisti Irina Beketova oʻldirib ketildi.
Jurnalistning oʻldirilishi sababi va tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. Ayolning ortidan u yolgʻiz tarbiyalagan 4 nafar norasida farzandi va keksa ota-onasi qolgan.
Irina Beketova
“Ostona politsiyasi tomonidan 34 yoshli ostonalik erkak 37 yoshli ayolning sogʻligʻiga oʻlimga olib kelgan ogʻir jarohatlar yetkazgani oʻrnatilgan. Gumonlanuvchini ushlash boʻyicha barcha choralar koʻrilmoqda. Tegishli ekspertizalar belgilangan. Sudgacha tergov oʻtkazilmoqda”, deb maʼlum qilingan Ostona ichki ishlar departamentida ushbu qotillik yuzasidan.
“Biz bu fojiali voqeadan karaxt holga tushdik va hamkasbimizning yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. NUR.KZ jamoasi siz bilan birga qaygʻuda. Oʻz tomonimizdan Irinaning oilasiga moddiy yordam koʻrsatamiz”, deb aytgan sayt direktori Quvvat Baxridinov. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?