12:33 / 26.09.2018
4 697

Laylakning muhabbati… (yoxud tilsiz jonivor ham ishq-muhabbatni qadrlarkan)

Laylakning muhabbati… (yoxud tilsiz jonivor ham ishq-muhabbatni qadrlarkan)

Bu rosmana muhabbat tarixi. Jiddiy jarohat olgan urgʻochi laylakni Xorvatiyadagi Brodski-Varosh qishlogʻida yashovchi erkak asrab olgandi. Oʻsha paytda ikki laylak uchun nikoh mavsumi boshlangandi. Kleptan laqabli erkak laylak yarador sevgilisini tashlab qoʻymadi. U har kuni muhabbati asrab olingan uy tepasida parvoz qildi.

Malena deya nom berilgan urgʻochi va Kleptan uchun uy tomidan in qurib berishdi. To kech kuzga qadar erkak laylak juftini boqdi, uni aylanib uchib ovutdi. Malena esa jarohat jiddiyligi tufayli ucha olmasdi. Shuning uchun oʻtirgan yerida muhabbatining harakatlari, muqomlaridan huzur qilardi. Kuz oxirida Klepton issiq oʻlkalarga uchib ketdi.

Bilasiz, laylaklar ham oʻzga yurtga uchib ketgach, jufti oʻzgaradi. Kelasi yili oʻsha jufti bilan ortga qaytadi. Erkak hayratdan tosh qotib qoldi. Klepton yolgʻiz qaytdi va yana Malenasi bilan topishib, hayotni davom ettirdi. Shundan beri mana 15 yil oʻtdi. Kleptan har yili 13 ming kilometr yoʻl bosib Malenaning yoniga qaytishni kanda qilmaydi. Shu davr ichida Malena oltmishta jajji laylakchalarni dunyoga keltirdi. Ular ham ota-onasini yeru-koʻkka ishonmasligini harakatlaridan bilib olish qiyin emas.

Qaniydi baʼzi ishqi yoʻq bandalar sevishni, mehr-oqibatni shu laylaklardan oʻrganishsa.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Laylakning muhabbati… (yoxud tilsiz jonivor ham ishq-muhabbatni qadrlarkan)