16:06 / 26.09.2018
4 043

Ostonaga avtomobillar kirishi pullik boʻladi

Ostonaga avtomobillar kirishi pullik boʻladi
Ostona shahri yoʻl tarmogʻiga yuklamani kamaytirish maqsadida, ayni damda shaharga avtomobillarni pullik asosda kiritish loyihasi koʻrib chiqilmoqda. Bu haqda 26 sentyabr, seshanba kuni shahar majlisining navbatdagi sessiyasida Ostona shahri hokimi birinchi oʻrinbosari Sergey Xoroshun maʼlum qildi.

Pullik kirishni faqat ertalabki tirbandlik soatlarida tashkil etish rejalashtirilgan, mashinalar soni nisbatan kam boʻlgan paytda har qanday transport uchun safar toʻliq bepul boʻladi, deb yozmoqda Forbes Kazakhstan.

“Oʻtkazilgan tadqiqot va poytaxtga qizgʻin soatlarda transport kirishi holatining kompleks tahlili shuni koʻrsatdiki, ertalabki soat 7dan soat 9ga qadar transport vositasi turiga qarab pullik kirishni joriy etish transportlar harakati oqimining oʻrtacha tezligini 15-20 foizga oshiradi. Ushbu loyihani davlat-xususiy sheriklik doirasida amalga oshirish moʻljallangan”, - deb izohladi Xoroshun.

Uning taʼkidlashicha, pullik kirishni faqat ertalabki shoshilinch soatlarda tashkil etish rejalashtirilgan boʻlib, boshqa paytlarda istalgan transport uchun kirish mutlaqo bepul boʻladi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonaga avtomobillar kirishi pullik boʻladi