16:12 / 26.09.2018
4 643

Afgʻonistonda Suriya ssenariysi takrorlanishi mumkinligi aytildi

Afgʻonistonda Suriya ssenariysi takrorlanishi mumkinligi aytildi
Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushevning maʼlum qilishicha, Suriya ssenariysi Afgʻonistonda ham takrorlanishi mumkin. Bu haqda RIA “Novosti” Patrushevning matbuot kotibi Yevgeniy Anoshinga asosan xabar bermoqda.

“Bugun Afgʻoniston hududida ushbu [Suriya] ssenariyning takrorlanish xavfi haqida gapirishimiz mumkin”, - dedi Patrushev Tehronda, Afgʻonistondagi vaziyatga yechim topish boʻyicha koʻp tomonlama maslahatlashuvlar davomida.

Patrushevning fikricha, Afgʻonistondagi vaziyatning “tanazzulga uchrashi”ga sabablardan biri - ISHID xalqaro terrorchilik guruhi faoliyati. Uning eslatishicha, 2014 yilda koʻpchilikka ISHID jangarilari Suriyadagi vaziyatga katta taʼsir koʻrsatmayotgandek “boʻlib tuyulgan”.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq MDHning qancha fuqarosi terrorizm uchun qidirilayotgani maʼlum boʻlgandi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afgʻonistonda Suriya ssenariysi takrorlanishi mumkinligi aytildi