09:37 / 17.02.2015
7 687

Pokistonda hibsga olingan 172 nafar hindistonlik baliqchi ozod etildi

Pokistonda hibsga olingan 172 nafar hindistonlik baliqchi ozod etildi

Pokiston chegarani buzganligi va noqonuniy baliq ovlash bilan shug‘ullanganligi uchun hibsda bo‘lgan 172 nafar hindistonlik baliqchini o‘z yurtiga qo‘yib yubordi. Bu haqda 16 fevral kuni “En-di-ti-vi” telekanali xabar berdi, deb yozdi TASS axborot agentligi.

Hindistonliklar ushlab turilgan Malir qamoqxonasining boshlig‘i Muhammad Sextoning ta’kidlashicha, hindistonlik mahbuslar ko‘ngilli ravishda ozod etilgan. Bunday qaror Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va uning pokistonlik hamkasbi Navoz Sharif oliy darajadagi muzokaralarni qayta boshlash haqidagi kelishuvga erishganlaridan bir necha kundan keyin qabul qilindi.

Ayni paytda ozod etilgan mahbuslar Hindiston-Pokiston chegarasiga yo‘l olishgan.

Ma’lumot uchun, Pokistonda Arabiston dengizidagi hududiy suvlarda baliq ovlayotganda chegarani tasodifan buzib o‘tgan baliqchilarni tez-tez hibsga olib turiladi. Pokistonning Malir va Landxi qamoqhonalarida yana 349 hindistonlik ushlab turilibdi. Ulardan ba’zilari bir necha yillardan beri ozod bo‘lishlarini kutishmoqda.

Manba: www.kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pokistonda hibsga olingan 172 nafar hindistonlik baliqchi ozod etildi