09:41 / 17.02.2015
7 309

Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila yuz berishi natijasida mamlakatga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila yuz berishi natijasida mamlakatga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda

17 fevral kuni ertalab, Yaponiyaning shimoli-sharqida 6,9 magnitudali zilzila qayd etildi. Bu haqda yapon milliy meteorologiya boshqarmasi xabar qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu zilzila markazi dengizda bo‘lib, endilikda mamlakatga kuchli to‘fon tahdid qilmoqda. Bu sunami Yaponiyaning Ivate prefekturasida 1 metr balandlikkacha ko‘rinishda yuz berishi kutilmoqda.

Ayni paytda sunami xavfi tufayli qirg‘oq hududlaridan 15 mingga yaqin kishi ko‘chirilgan.
Bu to‘fon mamlakat shimoli-sharqidagi Xonsyu va Xokkaydo orollaridagi 17 prefekturaga ta’sir qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Tohoku Electric Power kompaniyasi operatori bu sunami AESlar faoliyatiga ta’sir qilmasligini ma’lum qilgan.

Japan Railway kompaniyasi vaqtinchalik Shinkansen tezyurar poezdlari harakatini to‘xtatib turishini ma’lum qilgan.

Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abe qarorgohida favqulodda holat haqida ma’lumot to‘plash uchun maxsus shtab tashkil etilgan.

Manba: www.kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada 6,9 magnitudali zilzila yuz berishi natijasida mamlakatga kuchli to‘fon yaqinlashmoqda