Liviyadagi harbiy harakatlar tufayli mamlakatdagi barcha neft konlarida neft olish ishlari to‘xtatilishi mumkin. Bu haqda Liviya Milliy neft korporasiyasi xabar berdi, deb yozdi TASS.
“Neft konlariga qurolli bosqinchiliklarning takrorlanishi neft konlari texnik xodimlari va neft kompaniyalarining migrasiyasiga olib kelishi mumkin. Biz xodimlarning xavfsizligini ta’minlash borasida qiyinchiliklarga duch kelmoqdamiz. Ishchilar hayotiga zaruriy va xavfsiz sharoitlarning yo‘qligi tufayli konlarda ishlarni olib borish deyarli ilojsiz bo‘lib qoldi. Shu munosabat bilan Milliy neft korporasiyasi ogohlantirib o‘tadiki, neft konlarida ishchilarni himoya qilish uchun qo‘riqchilar etarlicha emas”, deb aytiladi xabarda.
Milliy neft korporasiyasi mamlakat mudofaa vazirligidan neft konlarini ularga bosqinchilik qilish va vayronagarchiliklardan himoya qilish uchun tegishli choralarni qabul qilishni so‘radi.
OPEK tashkilotiga a’zo bo‘lgan Liviya Afrikada eng katta hajmdagi uglevodorod xomashyosi zaxiralariga ega hisoblanadi. 2011 yil fevralida bu davlatda urush boshlanmagunga qadar, mamlakatda bir kunda 1,6 mln barrel neft olingan. 2014 yilda bu miqdor 430 ming barrelgacha, 2015 yilning yanvarida esa 350 ming barrelgacha tushib ketgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi