6 957
Xitoylik sinoptiklar Rossiyadagi inqirozning ob-havo prognoziga ta’sir qilishi haqida xabar berishdi
Xitoy Milliy meteorologik markazi Rossiya rublining qadrsizlanishi natijasida mamlakatda beriladigan ob-havo ma’lumotlari sifatining ehtimoliy yomonlashishi haqida ogohlantirib o‘tdi, deb yozdi RBK nashri.
“Rublning qadrsizlanishi oqibatida biz berayotgan prognozlar kamroq aniqlikda bo‘lishi mumkin”, deyiladi Milliy meteorologik markaziga asoslanib MarketWatch nashri tomonidan berilgan xabarda.
Markaz mutaxassislari Rossiyadagi ob-havo Xitoyning atmosferasi holatiga kuchli ta’sir qilgani uchun Xitoydagi ob-havo ma’lumotlarining sifati ko‘p darajada Rossiya meteostansiyalari beradigan ma’lumotlarga bog‘liqligini ma’lum qilishdi.
Xitoylik olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, rublning qadrsizlanishi va Rossiya iqtisodiyotining tang holati oqibatida Moskva meteorologik kuzatuvlar va prognozlarga sarf-xarajatlarni qisqartirishga qaror qilgan hamda bu Xitoyda ob-havoni tahlil qilish uchun meteorologik ma’lumotlarning taqchilligiga olib kelgan.
Ma’lumotlarning etishmasligi, o‘z navbatida, Xitoy Milliy meteorologik markazi beradigan ob-havo prognozlari sifatining yomonlashishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydilar sinoptiklar.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin