10 685
Hindistondagi to‘yda kelin o‘z kuyovidan voz kechib, mehmonlardan biriga turmushga chiqdi
Hindistonning Rampur shahridagi to‘yda kelin o‘z kuyovini tutqanoq tutib qolgach, marosim mehmonlaridan biriga turmushga chiqdi, deya xabar bermoqda «Gazeta.ru».
Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, 25 yoshli Kishorda bir-biriga gul marjoni taqish marosimida tutqanoq boshlangan. Kelin bo‘lajak erining oilasi undan bu kasallikni yashirgani uchun jahli chiqqan.
To‘yni to‘xtatib o‘tirishmadi. Kuyovni tez yordam mashinasi olib ketgach, qiz mehmonlar orasidan o‘z opasining qaynukasini tanlab, undan Kishorning o‘rnini egallashni so‘radi.
Tutqanoqli yigitning ota-onasi voqealarning bunday rivojidan norozi bo‘lib, mahalliy polisiya uchastkasiga arz qildi. Biroq qizning ota-onasi bilan kelishib olgach, arizani qaytarib oldi.
Manba: www.daryo.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi