13:32 / 19.02.2015
10 769

Nyu-York do‘konlaridan birida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta yog‘i 15 dollarga sotilmoqda

Nyu-Yorkning Bruklin mavzesidagi do‘konlardan birida 1 litrlik idishda qadoqlangan paxta yog‘i 15 dollarga sotilmoqda. Bu haqda Facebook’dagi «Potrebitel.uz» guruhi a’zolari ma’lum qildi.

Foydalanuvchilardan biri guruhga joylashtirgan suratda 1 litrlik idishlarda zig‘ir va paxta yog‘lari sotilayotgani ko‘rsatilgan. Paxta yog‘i qadog‘ida O‘zbekistonda ishlab chiqarilganligi yozilgan.

Narx ko‘rsatkichlarida mahsulot nomi rus va ingliz tillarida yozilgan. Jumladan, zig‘ir yog‘iga 24,99 dollar, paxta yog‘iga esa 14,99 dollar narx belgilangan.
Nyu-York do‘konlaridan birida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta yog‘i 15 dollarga sotilmoqda

Manba: www.daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-York do‘konlaridan birida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan paxta yog‘i 15 dollarga sotilmoqda