Amerikalik Rojer Logan 15 yildan buyon qornida o‘sma bilan yashaganligi aniqlandi. Gap shundaki, u vazni og‘ir bo‘lganligi sabab qornidagi shishni ham oriqcha vazn deb o‘ylagan. Oradan ancha yil o‘tib, shifokorga murojaat qilgan Logan aslida qornida bezarar o‘sma borligidan xabar topdi.
Bemor nogironlar aravachasida harakatlanadi. Bunga esa uning tana vazni sababchi. Rojer Logan o‘zini beliga 3 qop sement ortib yurganday his qilishini aytgan. Bundan tashqari, uning yonbosh tarafga aylanishi ham mushkul bo‘lgan.
Kaliforniyadagi shifoxonalardan birida Rojer Loganning o‘smasini olib tashlash bo‘yicha jarrohlik operasiyasi o‘tkazildi. Amaliyot ijobiy natija bilan yakunlangan, deb yozadi "Qalampir" sayti.
Qorin pardasidan olib tashlangan ulkan o‘smaning og‘irligi 59 kilogrammni tashkil qilgan. Xorij OAVlarida ta’kidlanishicha, bu rekord natija emas. 2014 yilda xitoylik erkakning belidan olib tashlangan zararsiz o‘smaning og‘irligi 110 kilogrammga teng bo‘lgan. Bu operasiyani o‘tkazish uchun 5 litr qon quyilgan va 16 soat sarflangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi