08:39 / 30.03.2017
20 172

Bosh og‘rig‘ining ogohlantiruvchi belgilari

Bosh og‘rig‘ining ogohlantiruvchi belgilari
Agar shunga o‘xshash belgilar sizga tanish bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling!

Kutilmagan bosh og‘rig‘i

Agar to‘satdan boshingiz qattiq og‘rib qolsa, uni jiddiy qabul qilishingiz kerak. Bu subaraxnoidal qon quyilish – anevrizma holati oqibatida miyada qon ketishi bo‘lishi mumkin. Bu juda xavfli bosh og‘riq bo‘lib, bunday hollarda darrov tez yordam chaqirishingiz zarur. Og‘riq qoldiruvchi ichishni va uxlashga yotishni xayolingizga ham keltirmang.

O‘zgarib turuvchi bosh og‘rig‘i

Agar sizni migren bezovta qilayotgan bo‘lsa, u og‘ir kechishi mumkin, lekin hayotingiz uchun xavfli emas. Agar bosh og‘rig‘i og‘ir bo‘lishi bilan birga oldingilariga o‘xshamasa, u holda hushyor bo‘lishingizga to‘g‘ri keladi va tezda shifokorga uchrashingiz lozim.

Boshqa og‘riqlar bilan birga kelgan bosh og‘rig‘i

Harorat ko‘tarilishi bilan birga boshning qattiq og‘rishi – hushyor tortishga sabab bo‘la oladi. Bu miya infeksiyasi masalan, meningit yoki ensefalit alomati bo‘lishi ham mumkin. Bunday hollarda darhol tez yordam chaqirish zarur.

Orqa tomonda yoki ko‘z atrofida seziladigan bosh og‘rig‘i

Agar bosh og‘rig‘i ko‘z atrofidagi og‘riq bilan kechsa, ayniqsa agar sizning ko‘rish qobiliyatingizda o‘zgarish bo‘lsa – bu yaxshilik alomati emas. Bunday vaziyatdagi xavf og‘ir glaukoma yoki ko‘rlikka sabab bo‘luvchi ko‘zdagi bosimning ko‘tarilishini keltirib chiqarishi mumkin.

Manba: «Daryo»

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Bosh og‘rig‘ining ogohlantiruvchi belgilari