10:28 / 13.04.2017
14 154

Yong‘oqlarning shifobaxsh xususiyatlari

Yong‘oqlarning shifobaxsh xususiyatlari
Aql bilan foydalanilsa, yong‘oqlar ajoyib shifobaxshlik xususiyatlariga ega bo‘la oladi. Shifo uchun kam ishlov berilgan yangi yong‘oqlar zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, bu vosita faqat kattalar uchun qo‘llaniladi. Uch yoshgacha bo‘lgan bolalarga yong‘oqlar umuman to‘g‘ri kelmaydi, sal kattaroqlariga esa ehtiyotlik bilan qo‘llash tavsiya qilinadi, chunki yong‘oqlarning barcha turlari organizm ferment tizimi faoliyatining to‘liq ishlashini talab qiladi.

Yong‘oq

Qandli diabet bilan kurashishda yordam beradi. Yong‘oq pardevorlari ikki hafta davomida aroq bilan damlab qo‘yiladi. Bu damlama bir kunda uch mahal, bir osh qoshiqdan, ovqatlanishdan 15 daqiqa oldin qabul qilinadi.

Er yong‘oq

Me’da va 12 barmoqli ichak yarasini davolashga yordam beradi. Yarim piyola er yong‘oq qahva ezgichda maydalanadi, 1,5 piyola qaynoq suvda ivitiladi va bir kunda uch mahal, 2 osh qoshiqdan, ovqatdan 20 daqiqa oldin qabul qilinadi.

Bodom

Miya foliyatini yaxshilaydi, migren, nevroz va uyqusizlikni yo‘qotadi va xolesterinni pasaytiradi. Bir oy davomida har kuni 50 g dan bodom eyish tavsiya qilinadi.

Pista

Gastrit, kolit va jigar xastaliklarida 200 g pistani blenderda maydalash va bir kunda uch mahal, 1 choy qoshiqdan ovqatdan 1 soat so‘ng qabul qilish tavsiya etiladi.

Kedr yong‘og‘i

Ularning po‘chog‘idan tayyorlangan damlama – mioma, bachadon bo‘yni shamollashi va hatto mastopatiya uchun ajoyib vosita hisoblanadi. 1,5 piyola kedr po‘chog‘ini 0,5 l aroqqa solib 2 hafta qorong‘i joyda damlab qo‘yiladi. 1 oy davomida 1 piyola suvga 1 osh qoshiq damlamadan aralashtirilib qabul qilinadi.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yong‘oqlarning shifobaxsh xususiyatlari