11:06 / 13.04.2017
12 959

Organizm uchun D vitamini muhimligining sabablari

Organizm uchun D vitamini muhimligining sabablari
D vitamini suyaklar, mushaklar, tishlar va hatto immun tizimi sog‘lomligi uchun juda muhim. Agar organizm bu vitaminni etarli miqdorda qabul qilib turmasa, sog‘liq bilan bog‘langan muammolar paydo bo‘la boshlaydi.

Mushaklardagi og‘riqlar va zaiflik

D vitamini mushaklar to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi, uning etishmasligi esa og‘riq va zaiflikni keltirib chiqaradi. Tanangiz gripp bilan kasallangan holatdagi kabi og‘riy boshlaydi. Agar bu etishmovchilik bartaraf etilmasa, ahvolingiz tezlikda yomonlasha boshlaydi.

Bosh og‘rig‘i va aylanishi

D vitamini etishmasligi qon bosimining ko‘tarilishiga olib keladi. Ko‘pchilik bu kasallikni o‘z vaqtida payqamasligi oqibatida yurak bilan bog‘liq holatlar ro‘y beradi. Agar o‘zingizda tez-tez bosh og‘rig‘i va aylanishi holatlarini sezsangiz, tezda shifokorga uchrashing.

Tez-tez kasal bo‘lish

Agar siz gripp va shamollash bilan tez-tez kasallansangiz, bu immun tizimingiz zaiflashganini bildiradi. Bu muammoning sabablaridan biri immun hujayralari faoliyati uchun zarur bo‘lgan D vitamini etishmasligi ham bo‘lishi mumkin.

Qorin bilan bog‘liq muammolar

Agar sizga seliakiya, ichaklar shamollashi deb tashxis qo‘yilgan bo‘lsa yoki sizni me’da qaynashi va ich qotish bezovta qilsa, bu kasalliklarni yengillashtirishda D vitamini yordam beradi.

Ko‘p terlash

Agar siz hech qanday sababsiz haddan tashqari ko‘p terlayotganingizni sezgan bo‘lsangiz shifokorga uchraganingiz ma’qul. Ko‘p terlashning sabablaridan biri D vitamini etishmasligidir.

Manba: Daryo

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizm uchun D vitamini muhimligining sabablari