23:31 / 29.04.2017
34 067

Inson organizmida kalsiy etishmovchiligining alomatlari

Inson organizmida kalsiy etishmovchiligining alomatlari
Inson salomatligi hamda xotirjamligi uchun organizmda barcha vitaminlar va mineral moddalar me’yorda bo‘lishi zarur
U yoki bu moddaning etishmovchiligidan inson tanasi xastalanib, bu haqda signal beradi.

Bu kalsiy moddasiga ham tegishlidir. Uning etishmovchiligidan nafaqat bolalar va yoshi ulug‘ kishilar, balki mehnatga yaroqli yoshdagi aholi ham aziyat chekadi.

Bundan tashqari yoshligida etarli miqdorda kalsiy moddasiga boy ne’matlardan iste’mol qilmaslik qariganda suyak va bo‘g‘im kasalliklariga chalinishga sabab bo‘ladi.

Quyida keltiriladigan tanadagi o‘zgarishlar kishini bu haqda ogohlantiradi:
- Tirnoq, soch va suyaklar mo‘rtligi.
- Tirnoq yupqalashib, sekin o‘sadi, lat eyish va sinish hollari oson bo‘lib qoladi. Sochlarning rangi o‘chib, ko‘p to‘kiladi, uchlaridan sinishi ko‘payadi.
- Kalsiy etishmovchiligidan tishlar zaiflashadi. Ular sinuvchan va shikastlanishga ta’sirchan bo‘lib qoladi.
- Kalsiy etishmovchiligini boshidan kechirayotgan kishi asabiy va serjahl bo‘lib qoladi. Tez charchaydi, fikrlari tarqoq bo‘ladi. Shuningdek, badanda tez-tez titroq yuz berib turadi.
- Bolalarda o‘sishning sekinlashuvi kalsiy etishmovchiligidan darak beradi.

Kalsiy etishmovchiligi aniqlanganida shifokorlar bu holatni me’yoriga keltirishga o‘tishadi. Bunda avval parhez uslubi tavsiya etiladi. Organizmda kalsiy moddasini ko‘paytirish uchun shifokorlar kalsiyga boy bo‘lgan tabiiy ozuqaviy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qilishga asoslaniladi.

Bunday ozuqaviy manbalar qatoriga sut mahsulotlari (tvorog, sut, yogurt, kefir, pishloq, qaymoq va boshqalar); yashil sabzavotlar karam, turp va rediska bargi bilan, yaproqli ko‘katlar (rayhon, petrushka, ukrop); dukkakli o‘simliklar (no‘xat, fasol); yong‘oqlar (pista, yong‘oq, bodom); kunjut, baliq konservalari va turli mevalarning yangi olingan sharbatlari kiradi.

Organizm kalsiyni o‘zlashtirishiga ma’danli gazlashtirilgan ichimliklar, kofe va alkogol to‘sqinlik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Inson organizmida kalsiy etishmovchiligining alomatlari