15:38 / 22.06.2017
113 970

Terlash qanday kasallikdan dalolat beradi?

Terlash qanday kasallikdan dalolat beradi?
Kun isiy boshlashi bilan ba’zilar ko‘p terlashdan aziyat chekadi. Terlash tananing ma’lum qismlaridagina ro‘y bersa, gohida butun jismda kuzatiladi. Tananing ayrim a’zolari terlashi tabiiy holat deb qaralsa, butun jism terlashi ayrim kasalliklar belgisi hisoblanadi. Ayni holat tibbiyotda gipergidroz deb nomlanib, asosan 15-30 yoshdagilar orasida ko‘p uchraydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, terlash erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq uchraydi. Ba’zan teri ajralib chiqishi odatdagidan o‘n martagacha ko‘payishi mumkin. Bu asabiy zo‘riqish yoki stress holati natijasidir. Haddan tashqari ko‘p terlash birlamchi terlash deb atalib, bu kasallikdan asosan uch foizgacha bo‘lgan aholi aziyat chekadi. Ko‘pincha bolalik va o‘smirlik davrida o‘tib ketadi. Bu tabiiy holat va unga kasallik deb qaramaslik kerak.

KO‘PINChA
Yuz, lab va burun atrofida ter chiqishi odatda, kuchli ovqatlar eyish, kofe, shokolad, alkogolli ichimliklar iste’molidan so‘ng ro‘y beradi. Neyrosifilis, parkinson, insult kabi nevrologik kasalliklar asorati sifatida ham yuz sohasi terlashi mumkin. Gipergidroz gohida endokrin kasalliklar belgisi sifatida ham namoyon bo‘ladi. Aslida, amaliyotda ko‘p teri ajralib chiqishi barcha surunkali va yuqumli kasalliklarning belgisi sifatida e’tirof etiladi. Bezgak, sil va brusellyozda ham haddan ortiq terlash alohida belgi sifatida qayd etiladi. Terlash noxush holat, ammo u nevroz, yuqori qon bosimi, asab kasalliklari darakchisidir. Yurak bilan bog‘liq kasalliklardan ogoh qiladi.

DORI NOTO‘G‘RI TANLANSA...
Ayrim hollarda dori vositalarining nojo‘ya ta’siri ham ko‘p terlashga olib keladi. Bunda qabul qilinayotgan preparatlarning organizmga noxush ta’sirini mutaxassis shifokorga aytish lozim.

TERLASh TUNDA KUZATILSA...
Qirq yoshdan keyin tunning ikkinchi yarmida tana haroratining tushishi bilan kechadigan terlash esa o‘simtali kasalliklardan xabar beradi. Shuningdek, tunda terlash organizmning turli a’zolaridagi mikroblar yurakka ta’sir qilayotganini bildiradi va bu endokardit deb ataladi. Agar bu kasallikdan o‘z vaqtida davolanmasa, hayot uchun xavfli oqibatlarga olib keladi. Endokarditda terlash bilan bir qatorda nafas qisishi, umumiy holsizlik, charchoq, teri rangining xiralashishi, suvsirash kabi belgilar ham namoyon bo‘ladi.

ENDOKRINOLOG YoRDAM BERIShI MUMKIN
Agar ko‘p terlasangiz, endokrinologga boring. Uning tashxisi sizni ortiqcha qo‘rquvlardan xalos etadi. Qandli diabet, yuqumli kasalliklar bor-yo‘qligi bilan qiziqing. Ortiqcha vazn, qandli diabet bilan og‘riganlar davolash choralarini ko‘rishlari bilan ortiqcha terlash muammosidan ham xalos bo‘ladilar.

ASABNI ASRANG
O‘ziga ishonmaslik, qo‘rquv avvaliga ko‘p teri ajralishiga, keyinchalik esa, kasallikka sabab bo‘ladi. Shuning uchun ruhiy zo‘riqsangiz yoki qo‘rquvni enga olmasangiz, yaxshisi, biror tinchlantiruvchi dori tavsiya etiladi.

IMMUNITET ZAIFLAShSA...
Ko‘p terlash immunitet zaifligi hamda stress qo‘zg‘atuvchi har qanday vaziyatda kelib chiqadi. Immunitetni kuchaytirish uchun qarama-qarshi, ya’ni, avval iliq, keyin sovuq suvda cho‘milish tavsiya etiladi. Shuningdek, mavrak, evkalipt va qarag‘ay moylarini bir tomchidan qo‘shib aralashtirib, cho‘milish uchun foydalaniladigan gelga qo‘shib ishlatish yaxshi samara beradi. Bu aralashmali gelni bir kunda ikki mahal qo‘llang.

XALQ TABOBATIDA
Shifokorlar terlashga qarshi vositalar: antprespirant va dezodarantlarning zararli tomonlari haqida ta’kidlab, ko‘proq tabiiy vositalardan foydalanishni maslahat berishadi:
1. Choy butasi damlamasi bilan terining terlagan qismlarini artish lozim. Ushbu muolajani dush qabul qilgandan so‘ng bir kunda ikki mahal bajaring. Bu terlash oqibatidagi noxush hidlarni ketkazishga va undan batamom xalos bo‘lishga yordam beradi.
2. Moychechak gulini qaynagan suvda damlab, 20 daqiqa tindiriladi. Ushbu aralashmaga ikki osh qoshiq limon sharbati qo‘shamiz va u bilan tananing terlaydigan qismini artamiz. Aralashma iloji boricha, bir kunlik tayyorlanishi lozim. Shuningdek, yalpiz aralashmasidan ham xuddi shunday usulda foydalanish mumkin.

Manba: Dia.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Terlash qanday kasallikdan dalolat beradi?