13:58 / 27.06.2017
28 118

Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun taomnoma bo‘yicha dastur ishlab chiqildi

Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun taomnoma bo‘yicha dastur ishlab chiqildi
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokor-olimlari tomonidan 1-turdagi qandli diabetga chalingan insonlar uchun o‘z taomnomasidagi non birligini hisoblab boradigan dastur ishlab chiqildi. Bu xaqida Intellektual mulk agentligining axborot xizmati xabar bermoqda.

Dasturning qulayligi shundan iboratki, bemor o‘zining jinsi, yoshiga mos ravishda, birinchi va ikkinchi nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun maxsus tuzib chiqilgan taomnomadan o‘zi istagan taomni tanlashi va sog‘lig‘i uchun xavotir olmasdan bu taomni tayyorlab tanovvul qilishi mumkin. Tanlab olingan oziq-ovqatlar to‘plamidan non birligi hisoblab chiqariladi. Dasturning ma’lumotlar bazasiga asosiy shifobaxsh parhez menyusi, o‘zbek taomlari, unli mahsulotlar, sut mahsulotlari, mevalar, rezavorlar, sabzavotlar, quritilgan mevalar va yong‘oqlar, ichimliklar va sharbatlar, shirinliklar kiritilgan.

Dastur rus va o‘zbek tillarida, lotin alifbosida ham ishlaydi. Olingan ma’lumotlarni saqlash, chop etish mumkin. Dastur nafaqat qandli diabetga uchragan kishilar uchun, balki tibbiyotning endokrinolog, pediatr va terapevt shifokorlar faoliyatida ham juda qo‘l keladi.
Dastur mualliflari bo‘lmish G.Rahimova, S.Ismoilov, Z.Akbarov, A.Tashmanova, N.Alimova, H.G‘ulomova, A.Alieva, A.Sodiqova, A.Ryaboshtanlarga O‘zbekiston Intellektual mulk agentligi guvohnomasi topshirildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qandli diabet bilan og‘rigan bemorlar uchun taomnoma bo‘yicha dastur ishlab chiqildi