16:03 / 13.08.2017
10 833

Qovun saraton va insultning oldini oladi

Qovun saraton va insultning oldini oladi
Olimlar yozgi mavsumda qovunni kamida 100 grammdan iste’mol qilishni tavsiya qilishmoqda, zero aynan qovun tarkibida inson organizmini saraton va insultdan himoyalovchi ko‘plab vitamin va minerallar mavjud.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, qovun tananing barcha to‘qimalarini normal holatda ushlab turishda muhim ahamiyat kasb etuvchi S vitaminiga ega. Shu bilan birga qovunning ko‘plab turlari V guruh vitaminlarga ega bo‘lib, uglevod ishlab chiqarishda yaqindan yordam beradi. Biroq olimlar qovunning yana bir foydali xususiyatini aniqlashdi. Uning tarkibidagi karotinoidlar insonni saraton kasalliklaridan himoyalar ekan.

Shuningdek antikoagulyant adenozin nomli modda qonni suyultirib, insult va yurak kasalliklari ehtimolini kamaytirishga qodir. Shu bois tibbiyot xodimlari yozgi mavsumda ko‘proq qovun eyishga chorlashmoqda.


Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qovun saraton va insultning oldini oladi