07:10 / 22.09.2017
24 105

Sabzi qanday xavfli kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi?

Sabzi qanday xavfli kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi?
Sabzi - ko‘plab vitamin, mineral va mikroelementlarga ega eng foydali sabzavotlardan biri. Ko‘pchilik uning foydali xususiyatlarini qadrlashmaydi. Masalan, sabzidagi A vitamini hech qanday dori vositalarisiz ko‘rish qobiliyatini yaxshilay oladi. Shuningdek u teri va organizmning shilliq qavatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va ularning holatini yaxshilaydi.

Kimlar ko‘proq sabzi yeyishi kerak va u qanday xavfli kasalliklarda yordam beradi?
  • Yurak-qon tomir kasalliklaridan aziyat chekuvchilar. Sabzi o‘z tarkibidagi sellyuloza hisobiga qon tomirlarni ortiqcha xolesterindan tozalaydi. Xom sabzini har kuni iste’mol qilinsa, inson o‘zini aterskleroz va yurak-qon tomir tizimidagi boshqa kasalliklardan kuchli himoya bilan ta’minlagan bo‘ladi.
  • Shifokorlar barcha ayollarga sabzini har qanday ko‘rinishda iste’mol qilishni tavsiya qilishadi, zero bu sabzavot - saraton profilaktikasi uchun ayni muddao. Hamma gap sabzida boshqa mahsulotlarga nisbatan A vitaminining ko‘pligidadir. Ayollarda eng ko‘p tarqalgan onkologiya turi - ko‘krak bezi saratoni bo‘lib, bunga kasallikka chalingan ayollarning organizmida A vitaminining jiddiy yetishmasligi sabab bo‘lgan.
  • Erkaklarga ham sabzi iste’moli ziyon qilmaydi, zero undagi foydali moddalar erkaklarning reproduktiv funksiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Milk va tish og‘rig‘idan azob chekuvchi kishilarga ham sabzi yeyish tavsiya etiladi. Bu sabzavot tish emalini mustahkamlaydi, og‘iz bo‘shlig‘ini parazitlardan tozalaydi, milklarning qonashini oldini oladi va h.k. Shuning uchun shifokorlar bolalarga ham, kattalarga ham xom sabzi iste’mol qilishni maslahat berishadi.
  • Parishonxotir va diqqatini jamlay olmaydigan kishilarga ham sabzi foyda beradi. U miyaga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Muntazam ravishda sabzi iste’mol qilgan kishilarda xotira va diqqatni jamlashga doir muammolar bo‘lmaydi.

Sabzini imkon qadar xom holatida yeyish tavsiya etiladi, zero termik qayta ishlash jarayonida sabzavotdagi foydali moddalarning muayyan qismi chiqib ketadi.

Manba: kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Sabzi qanday xavfli kasalliklar bilan kurashishda yordam beradi?