12:30 / 12.10.2017
11 137

Umrni uzaytiruvchi sabzavot...

Umrni uzaytiruvchi sabzavot...
Bu ajoyib sabzavot hatto umrni uzaytiruvchi mahsulotlar ro‘yxatidan joy olgan va «Hayot o‘simligi» deya ta’riflangan. Chunki baqlajon bir qancha shifobaxsh xususiyatlarga ega.
Jumladan, keraksiz suyuqlikning tanadan o‘z vaqtida chiqib ketishiga yordam beradi.
Ichakdagi foydali mikroorganizmlar muvozanatini mo‘’tadil saqlab, chirish jarayonlarini susaytiradi.

Bod xastaligi va ortiqcha vazndan xalos etadi.
Uzoq vaqt va muntazam iste’mol qilinganda esa qondagi xolesterin miqdorining keskin pasayishiga ko‘maklashadi.
Bundan tashqari, baqlajon yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida, yurak shishganda, buyrak, jigar xastaliklarida parhez taom sifatida qo‘llaniladi. Ayniqsa, kamqon bemorlarga yaxshi naf beradi. Buning uchun har kuni 100-200 grammdan baqlajon iste’mol qilish maqsadga muvofiqdir.

Baqlajonning shifobaxsh xususiyatlaridan biri tanadagi ortiqcha yog‘ni parchalaydi, qondagi xolesterin miqdorini kamaytiradi hamda modda almashinuvini yaxshilaydi. Bu, albatta, ozishni istovchilar uchun ayni muddao. Aynan past kaloriyaliligi bois baqlajon parhezbop taomlarda ishlatiladi.

Shifokorlar keksa yoshlilar taomnomasida, albatta, baqlajon bo‘lishi kerak, deb hisoblashadi.
Ayniqsa, chekish­­ni tashlashdan qiy­nalayotganlarga baq­lajonni ko‘proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sababi, baqlajon tarkibida oz miqdorda nikotin mavjud bo‘lib, tamakiga bo‘lgan talabni kamaytirishda asqatadi.
Shuningdek, baqlajonni kundalik taomnomangizga doimiy ravishda kiritib qo‘ysangiz, u asab tizimini mustahkamlab, uyqusizlik va depressiyadan xalos qiladi.

Baqlajondan tayyorlangan niqob terini namlantirib, ajinlardan xalos etadi.
Ichaklardagi tiqinlarni tozalashda quritilgan baqlajon tavsiya etiladi. Buning uchun 1 osh qoshiq quritilgan baqlajonni mayda chaynab yeyish yoki 1 piyola qaynoq suvda ivitib, iste’mol qilish lozim.

Siyoh rang baqlajon taloq faoliyatini me’yorga keltiradi. Kamqon bemorlarning organizmida qizil qon tanachalari hosil bo‘lishiga yordam beradi. Shu sababli kun davomida baqlajonli taom va salatlarni tez-tez yeb tursangiz, gemoglobin me’yorga keladi, immunitetingiz ko‘tarilib, quvvatingiz oshadi.

Shuningdek, aynan immunitetni oshirishi, kamqonlikni davolashi va tarkibida folat kislotasi mavjudligi bois baqlajon homilador ayollarga ham tavsiya etiladi. Biroq bunday vaziyatdagi ayollar baqlajonni qaynatib, iste’mol qilishgani ma’qul. Sababi, qovurilgani oson hazm bo‘lmasligi mumkin.

Baqlajon sharbati antiseptik hamda antibakterial xususiyatga ega va shu bois u organizmdagi infeksiyaga qarshi kurasha oladi. Xalq tabobatida baqlajondan nafaqat ichki organlarni, balki tashqi yara va jarohatlarni ham infeksiyadan tozalashda foydalanishgan.
Baqlajon qondagi qand miqdorining pasayishiga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun qandli diabeti bor bemorlarga baqlajon sharbatidan muntazam ravishda ichib turish tavsiya etiladi.

HAMMA VITAMINI PO‘STIDA
Baqlajonning shifobaxsh mevasi tarkibida V1, V2, K, C vitaminlar hamda mineral tuzlar ko‘p. Baqlajonning po‘sti yupqa, qora yoki binafsha rangdagisi iste’mol uchun tanlanadi. Unutmaslik kerakki, baqlajon po‘stida vitaminlarning asosiy qismi saqlanadi.
Kamqonlik va kamquvvatlilikni yengishda baqlajonni archimasdan pishirish tavsiya etiladi.

MILK KASALLIKLARINI DAVOLAYDI

Ko‘pincha odamlar orasida milk kasalliklari tez-tez uchrab turadi. Agar bilsangiz, bunga ham baqlajon yaxshi davo bo‘ladi. Buning uchun 10-15 g baqlajonni qirg‘ichdan o‘tkazib, piyolaga soling va unga 2 osh qoshiq qaynoq suv hamda 1 choy qoshiq o‘simlik moyi qo‘shib, obdan aralashtiring. So‘ng milklaringizga surting. 10 daqiqa ushlab turgach, iliq suvda og‘zingizni chaying. Bu muolajani 3 kun davomida kuniga 2-3 mahal qo‘llasangiz, milk kasalligidan xalos bo‘lasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Umrni uzaytiruvchi sabzavot...