10:02 / 11.11.2017
6 681

Iqtisodiy yetishmovchilik odamni infarktga uchratishi aniqlandi…

Iqtisodiy yetishmovchilik odamni infarktga uchratishi aniqlandi…
Yevropadagi kardiologlar jamiyati olimlari yangi tadqiqotlar natijasida iqtisodiy yetishmovchilik, qahatchilik odamni infarktning eng o‘tkir turiga uchratishini aniqlashdi. Shu mavzudagi xulosalar Yoxannesburgdagi kardiologlar assotsiatsiyasining har yili o‘tkaziladigan kongressida o‘qib eshittirildi.

Buni olimlar 106 nafar o‘tkir infarktga yo‘liqqan ko‘ngillilar orasida tashkil etilgan so‘rovnomalar yordamida aniqlashdi. Ko‘ngillilarga infarktga uchrashdan bir oy oldin moliyaviy ahvoli qanday bo‘lganligi haqida savol berishganda, ishtirokchilarning deyarli barchasi bir oy burun pul yetmasligi, ro‘zg‘ordagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli stress holatiga tushib qolishganini aytishdi. Ana shu narsalar infarkt uchun favqulodda zamin hozirlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Iqtisodiy yetishmovchilik odamni infarktga uchratishi aniqlandi…