09:05 / 15.11.2017
6 816

Yurib ketayotib ovqat yeyish koni zarardir…

Yurib ketayotib ovqat yeyish koni zarardir…
Yaponiyadagi Xirosima universiteti olimlari shu masalada tadqiqotlar o‘tkazishdi. Ma’lum bo‘ldiki, odam yurib ketayotib ovqat iste’mol qilish oqibatida kelgusida yurak xastaliklari, semirish kabi xavfga duch kelarkan.

Tadqiqotlarga mingdan ziyod ko‘ngilli jalb etildi. Olimlarning yuqorida aytgan fikrlari ko‘ngillilar misolida o‘z isbotini topdi.

— Odam yo‘l-yo‘lakay, aniqrog‘i, yurib ketayotib ovqat yeganda, — deydi kardiolog Takayuki Yamaji. — To‘yganini bilmaydi. Bundan tashqari, ovqat hazm qilish kanallari faoliyati buziladi. Oqibatda inson kelajakda infarkt, insult, qandli diabet kabi xavfli xastaliklarga chalinadi. Qolaversa, yurib ketayotganda ovqatlanish ortiqcha vazn paydo bo‘lishiga ham olib keladi. Xavfdan uzoqroq bo‘lishni istagan odam o‘tirgan, ovqatni juda sekin chaynagan holda iste’mol qilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yurib ketayotib ovqat yeyish koni zarardir…