10:31 / 19.11.2017
10 598

Xitoyda dunyo tibbiyot tarixida ilk bor odam boshi boshqa tanaga o‘rnatildi…

Xitoyda dunyo tibbiyot tarixida ilk bor odam boshi boshqa tanaga o‘rnatildi…
Jarrohlik operatsiyasi jami 18 soat davom etdi. Amaliyot davomida mijozning umurtqa pog‘nasini to‘g‘rilash, asab tizimi va qon tomirlarni me’yoriy holatga keltirishga ham erishildi.

Ushbu jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlangani haqida italiyalik neyrojarroh Serjo Kanavero (Sergio Canavero) matbuot anjumanida rasman ma’lum qildi. Uning aytishicha, amaliyot Xitoyning Xarbin tibbiyot universiteti jamoasi bilan birga doktor Jen Syaopin (Xiaoping Ren) yetakchiligida o‘tkazildi. Faqat bu yerda donor ham, bemor ham olamdan o‘tgan odamlar edi. Shuning uchun ham bu jarrohlik amaliyoti tirik odamning boshi boshqa tanaga o‘rnatilsa, muvaffaqiyatli kechishiga hozircha kafolat bera olmaydi. Kanaveroning ta’biri bilan aytganda, bu amaliyot jiddiy ish oldidan tajriba maktabini o‘tadi xolos.

Italiyalik mutaxassisning aytishicha, tirik odamning boshini o‘zga tanaga o‘rnatish amali yaqin vaqtlarda tashkil etiladi. Bu jarrohlik amaliyotida rossiyalik mijozning boshi bemorga o‘rnatilishi mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Xitoyda dunyo tibbiyot tarixida ilk bor odam boshi boshqa tanaga o‘rnatildi…