14:28 / 10.12.2017
13 053

Immunitet nima sababdan kuchsizlanadi?

Immunitet nima sababdan kuchsizlanadi?
Noto‘g‘ri ovqatlanish – tomirdagi qon tarkibida antitanachalar (immunoglobulin) bo‘lib, ular organizmning himoya vositasi sanaladi. Oqsildan tarkib topgan mazkur antitanachalar me’yorda ishlab chiqarilishi uchun taomnomada go‘sht, tuxum, baliq, sut-qatiq, yong‘oq kabi mahsulotlar yetarlicha bo‘lishi kerak.

Surunkali stress – ruhiyatdagi salbiy o‘zgarishlar ta’siriga tushib qolgan organizmda turli gormonlar ishlab chiqarila boshlaydi. Bu esa har bir hujayra, to‘qimalarning biokimyoviy balansi o‘zgarishiga olib keladi. Ayrim turdagi gormonlar immun tizimini ishg‘ol qilib, virus va bakteriyalar uchun yo‘l ochib beradi. Olimlar fikricha, uzoq davom etgan stress davrida qondagi leykotsitlar miqdori keskin tushib ketishi oqibatida immun tizimi zaiflashib qoladi.

Surunkali uyqusizlik – aksariyat hollarda 8 soat uyqu me’yor hisoblanishini unutib qo‘yamiz. Bir-ikki kun ozroq uxlagan kishi o‘z-o‘zidan mazkur tartibga moslashgandek ko‘rinsa-da, 5 kun ketma-ket davom etgan uyqusizlik yoki yetarlicha uyquning bo‘lmasligi immun tizimida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Nome’yoriy holatlar – sovuqsirash, qizib ketish, ko‘p yeyish, tamaki va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish kabilar immun tizimi yemiruvchilaridir.

Tashqi muhit – ishlab chiqarish korxonalari, maishiy sanoat, avtomobil tutuni ta’sirida havo ifloslanadi. Har kuni ifloslangan havodan nafas olish esa har qanday chiniqqan immunitetni ham ishdan chiqarishi hech gap emas. Organizmingizga foyda bo‘lishi uchun tabiat qo‘yniga dam olgani borib turing.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Immunitet nima sababdan kuchsizlanadi?