19:14 / 10.12.2017
13 108

Asalni har kuni iste’mol qilish organizmga qanchalik foydali?

Asalni har kuni iste’mol qilish organizmga qanchalik foydali?
Asal azaldan inson organizmi uchun eng foydali mahsulotlardan biri sifatida e’tirof etib kelinadi. Undagi zarur fermentlarning yuqori miqdorda ekanligi hamda tabiiy asalning qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyati hech kimni befarq qolirmaydi. Bugungi kunda ota-bobolarimiz rioya qilgan oziqlanish tamoyillariga ko‘p murojaat qilinmoqda. Asalni har kuni iste’mol qilish organizmga qanday foyda keltirishiga oid ma’lumotlar bilan tanishing.

Teri tozalanadi
Asal tabiiy antioksidant hisoblanadi, ya’ni u organizmning ortiqcha toksinlardan halos bo‘lishiga yordam beradi. U antibakterial xususiyatlari tufayli teringizni yanada toza qilishga yordam beradi.

Ortiqcha vazn yo‘qotiladi

Asal tarkibidagi qand moddasi biz kundalik iste’mol qiladigan qanddan farq qiladi. Ortiqcha vazndan qutulish uchun shokolad va gazli ichimlik kabi shirinliklar iste’molini asal bilan almashtiring.

Qondagi qand miqdori kamayadi


Yuqorida qayd etilganidek, asal haqiqatda qand moddasiga ega. Biroq fruktoza va glyukozaning noyob birikmasi haqiqatda organizmga qondagi qand miqdorini tartibga keltirish va bunga qo‘shimcha ravishda xolesterin miqdorini kamaytirishga yordam beradi.

Yurak-qon tomir kasalliklari

Asal tarkibida mavjud flavonoid va antioksidantlar yurak-qon tomir kasalliklarining paydo bo‘lishini oldini olishga yordam beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, asal inson qonidagi xolesterinni oksidlantirish jarayonini sekinlashtiradi, bu esa falajga olib kelishi mumkin bo‘lgan jarayonga to‘sqinlik qilib, uning oldini oladi.

Alvido, toksinlar!


Asal va iliq suv — ovqat hazm qilish tizimidan zararli chiqindilarni yuvib chiqarishga yo‘naltirilgan deyarli eng yaxshi kombinatsiya. Qo‘l ostidagi vositalar bilan, uy sharoitidagi detoksikatsiya!

Immun tizimini yaxshilaydi

Asal immun tizimiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi qator fazilatlarga ega. Asosiysi, sizni yoqimsiz bakteriyalardan himoyalovchi fermentlar, vitamin va minerallarga boy organik asalni xarid qiling.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Asalni har kuni iste’mol qilish organizmga qanchalik foydali?