21:51 / 20.12.2017
15 644

Ayollarda oyoqlar bezovtaligi sindromi paydo bo‘lishi tez orada boqiy dunyoga yo‘l olishdan darak emish…

Ayollarda oyoqlar bezovtaligi sindromi paydo bo‘lishi tez orada boqiy dunyoga yo‘l olishdan darak emish…
Ushbu xastalik alohida xarakterga ega va u yoshi oltmishdan oshgan ayollarda uchrab turadi. Xuddi shu sindrom yoshi o‘tgan ayolning aksar holatlarda yurak xastaliklariga yo‘liqib, yorug‘ dunyoni tark etishiga belgi ekan.

Buni olimlar oltmish mingga yaqin yoshi 60 dan oshgan ayollarda tekshiruvdan o‘tkazishdi. Tadqiqotlarni yakunlash uchun 10 yil zarur bo‘ldi. O‘n yil ichida tadqiqotlarda ishtirok etganlarning 6, 5 ming nafari haqiqatan yurak xastaliklaridan vafot etgani kuzatildi.

— Bu og‘riq emas, — dedi olimlardan biri. — Asosan tunda oyoqlarda o‘ta yoqimsiz bezovtalik paydo bo‘ladi. Shu qadar yoqimsizki, odam og‘riqdan ham bunchalik azoblanmaydi. Biz o‘tkazgan tadqiqotlar davomida oyoq bezovtalanishi sindromi tufayli yurak xastaliklari xavfi 63 foizga oshgani aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Ayollarda oyoqlar bezovtaligi sindromi paydo bo‘lishi tez orada boqiy dunyoga yo‘l olishdan darak emish…