22:01 / 19.01.2018
6 617

Fastfud inson organizmiga qanday zarar yetkazishi aniqlandi

Fastfud inson organizmiga qanday zarar yetkazishi aniqlandi
Germaniyaning Bonn Universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatmoqdaki, inson immun tizimi fastfudga xuddi bakterial infeksiyaga bo‘lgani kabi reaksiya bildiradi. Hattoki sog‘lom ovqatlanishga o‘tish ham yetkazilgan zararni to‘g‘rilay olmaydi.

Biologlar shundan boshlashdiki, tajriba sichqonlarini to‘yintirilgan yog‘lar, shakar va tuzlarga boy, biroq sabzavotlar, mevalar hamda biriktiruvchi to‘qimalar kam bo‘lgan «g‘arbiy» parhezga o‘tkazishdi. «Bu nosog‘lom oziq sichqonlar qonida muayyan immun hujayralari, ayniqsa granulotsitlar va monotsitlar sonining kutilmagan tarzda ko‘payishiga olib keldi, – deydi tadqiqot mualliflaridan biri Anet Krist. – Bu suyak iligidagi avvalgi immun hujayralariga zarar yetganidan darak beradi».

Olimlar buni bilib olgach, shunday parhez nafaqat o‘tkir yallig‘lanish reaksiyasini rag‘batlantirishi, balki avvalgi hujayralardagi ma’lum bir genlarni faollashtirishini aniqlashdi. Bu hujayralar tana immunitet hujayralarining tarqalishiga mas’ul va – yaqinda topilgani kabi – o‘ziga xos xotiraga egadir. Zarar yetganidan so‘ng himoya mexanizmlari yuqori tayyorlik holatida bo‘ladi, shuning uchun ular yangi hujumga tezroq munosabat bildirishi mumkin.

Ushbu holatda esa immun tizimining dasturlanish bo‘yicha tabiiy jarayoni virus yoki bakteriya tufayli emas, balki ma’lum bir parhez sababli boshlangan. Hayvonlar qon hujayralarini yaqindan o‘rganish inflammasoma borligini ko‘rsatdi, u oqsil kompleksi bo‘lib, infeksiyalarni aniqlash va yallig‘lanish jarayonlarini faollashtirish uchun javob beradi.

Bunday yallig‘lanish reaksiyasi odatda diabet, yurak kasalliklari va autoimmun xastaliklariga xos. Olimlar nosog‘lom taomlar immun tizimi buzilishiga bog‘liq ekani haqida birinchi marta gapirayotganlari yo‘q, ammo uzoq muddatli ta’sirlarning dastlabki dalili ularda jiddiy xavotir keltirib chiqardi. G‘arb mamlakatlarida diabet bilan kasallangan og‘ir vaznli odamlar soni ortib borayotgani hisobga olinsa, fastfud sog‘liqqa juda jiddiy ziyon yetkazayotgani borasida dalillar ko‘payganini ham ko‘rish mumkin, deb yozadi New Atlas.

Manba: kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Fastfud inson organizmiga qanday zarar yetkazishi aniqlandi