15:20 / 20.01.2018
8 040

Mangoning hayratlanarli, shifobaxsh foydalari

Mangoning hayratlanarli, shifobaxsh foydalari
Mango sitrus meva bo‘lib, uning kattaligi ba’zan 2 kg gacha bo‘ladi. Mangoning 100 grammida 68 kkall bor. Uni shundayligicha, konservalangan yoki sharbat holida iste’mol qilish mumkin. Shuningdek, mango parhez salat va baliqdan tayyorlangan taomga ham ishlatiladi.

Mango homilador ayollarning sevimli mevasidir. Birinchi navbatda, unda saqlanadigan foli kislotasi har xil nuqsonlar, jismoniy kamchiliklarning kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Masalan, yo‘ldoshning to‘g‘ri rivojlanishi, yurak-qon tomirlari sistemasining me’yoriy shakllanishi va go‘dak terisining bekamu ko‘st bo‘lishiga yordam beradi.

Mango oshqozon-ichak traktining faoliyatiga yaxshi ta’sir etadi. Bu esa bo‘lg‘usi onani ichi dam bo‘lishi va qotishidan asraydi. Bundan tashqari, ularning buyrak va asab sistemalarining faoliyatini yaxshilaydi. Mango tarkibidagi temir moddasining ko‘pligi homilador ayolning gemoglobinini ko‘tarib, anemiyadan asraydi.

MILK KASALLIKLARIGA QARShI

Tarkibida S vitamini yetarli miqdorda saqlanganligi bois immunitetni ko‘taradi, nafas yo‘llari va grippga oid kasalliklarni yaqinlashtirmaydi. Bundan tashqari, mangoni og‘iz bo‘shlig‘idagi kasalliklar (milk yallig‘lanishi, stomatit va parodontoz) ga qarshi ham qo‘llash mumkin. Buning uchun mango sharbati bilan og‘izni kuniga bir mahal chayish kifoya. Chunki askorbin kislotasi milk kasalliklariga qarshi faol kurashadi, ishtahani ochadi va quvvatlantiradi.

BUYRAK KASALLIKLARIGA DAVO
Hindistonda mango shifobaxsh meva sifatida buyrak kasalliklariga qarshi keng qo‘llaniladi. Mango peshob yo‘llaridagi toshlarni tushiradi, buyrakdagi piyelonefrit va shamollash oqibatida vujudga keladigan xastaliklarning oldini oladi. Bundan tashqari, xuddi ana shu organlarda saraton kasalliklarining kelib chiqishi va rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

TARKIBI

Mangoda ko‘p miqdorda glyukoza, fruktoza, saxaroza hamda, shovul, limon, qahrabo, olma, foli va askarbin kislotalari, S, A, Ye hamda V guruhidagi vitaminlar, kaliy, magniy, kalsiy, fosfor, temir va rux kabi mikroelementlar saqlanadi. Aslida, mango past kaloriyali mevaligi uchun undan parhezbop taomda foydalaniladi, ammo yuqorida ta’kidlaganimizdek, u servitamin va mikroelementlarga boyligi tufayli barchaga tavsiya etiladi. Mangodan har kuni hech bo‘lmaganda, 1 marta iste’mol qilsangiz, anemiya, gemorroy, diareya, qabziyat va mushaklar taranglashuvidan himoyalanasiz.

NERV SISTEMASIGA TA’SIR ETIShI
V guruhidagi vitaminlar inson asablariga samarali ta’sir etadi. Mangoda bunday imkoniyat kattaligi bois uning yordamida stress va surunkali charchoqdan chiqib ketish mumkin. Kuniga 1 dona mango iste’mol qilgan homilador ayol toksikoz simptomlaridan xalos bo‘ladi. Chunki toksikoz ham immunitet pastligi va depressiya holatidan kelib chiqadi.

ShARBATI OZDIRADI
Mango sharbati ozishni istaganlar uchun eng yaxshi mahsulotdir. U xushxo‘r va ishtaha ochar bo‘lib, butun organizmingizni ortiqcha yog‘dan xalos etadi.

ShAPKO‘RLIKNI DAVOLAYDI
Mangoning tarkibida retinol ko‘pligi bois ko‘rish nervi hamda muguz pardasiga juda foydali. U, ayniqsa, shapko‘rlikka, ko‘zlardagi surunkali charchoq va muguz pardasining quruqshab qolishida muhimdir.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Mangoning hayratlanarli, shifobaxsh foydalari