15:23 / 22.01.2018
7 838

Qish mavsumining "eng muhim mahsulotlari" aniqlandi...

Қиш мавсумининг "энг муҳим маҳсулотлари" аниқланди...
Diyetologlar qish faslida iste’mol qilish foydali bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatini tuzishdi. Bu faslda organizmimizga ko‘plab vitaminlar yetishmaydi. Mutaxassislar katta miqdorda vitaminlar saqlanadigan mahsulotlar afzalligini aytishmoqda.

Qolaversa, tarkibida Omega-3 bo‘lgan mahsulotlarni ham ko‘proq iste’mol qilish lozim. Shu bois, diyetologlar qishki dasturxon ustida, albatta, yog‘li baliq bo‘lishi kerakligini ta’kidlashdi. Sababi, mazkur mahsulot tarkibidagi mavjud vitaminlar bizni turli virus va infeksiyalardan himoya qiladi.

Yog‘li baliq turlari nafaqat immunitetni yaxshilaydi, balki miya faoliyatini yaxshilaydi, yurak-qon tomir kasalliklaridan asraydi.

Shuningdek, qish mavsumida iste’mol qilish kerak bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxatiga qovoq, karam, anjir va sitrus mevalar ham kiritilgan.

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Qish mavsumining "eng muhim mahsulotlari" aniqlandi...