14:39 / 29.01.2018
6 258

Shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimi joriy etiladi

Shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimi joriy etiladi
O‘zbekistonda shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimi joriy etiladi. Adliya vazirligining ijtimoiy tarmoqdagi kanalida xabar berilishicha, davlat dasturiga asosan bu borada tegishli qonun hujjati qabul qilinishi lozim.

Qonun hujjatida:
  • tibbiyot xodimlari yo‘l qo‘ygan xatolar haqida jabrlangan shaxslarga ma’lumot berish, ularni hisobga olish va xatolarning oldini olish tizimini yaratish;
  • har bir tibbiyot muassasasida bemorlarning shifokor kasbiy xatosidan xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha doimiy ekspert guruhlarini tashkil etish;
  • xatosini o‘z vaqtida va ixtiyoriy tan olgan, yetkazilgan zararni qoplagan tibbiyot xodimini ayrim salbiy oqibatlardan ozod etish;
  • tibbiyot xodimlarining xatosi oqibatida yetkazilgan zarar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga xabar qilish, ularni ko‘rib chiqish va xizmat tekshiruvini o‘tkazish tartibi;
  • birlamchi tibbiy hujjatlarni, jumladan retseptni elektron shaklda to‘ldirishni (qo‘lyozma usulidan to‘liq voz kechgan holda) joriy etish va uni tegishli dorixonadagi ma’lumotlar bazasiga joylashtirishni ta’minlaydigan axborot tizimini bosqichma-bosqich amalga kiritish nazarda tutiladi.

Bu boradagi tegishli hujjat 30 mart kuniga qadar ishlab chiqilishi lozim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokorning kasbiy xatosini aniqlashning ta’sirchan tizimi joriy etiladi