07:06 / 30.01.2018
21 605

Jigarni sog‘lomlashtiruvchi va unga quvvat beruvchi malhamlar

Jigarni sog‘lomlashtiruvchi va unga quvvat beruvchi malhamlar
  • Jigardagi kasalliklarni bahorda davolagan ma’qul, har qanday jigar xastaligini behi suvi yaxshi davolaydi. Buning uchun behi sharbatidan kuniga bir-ikki kosa ichish kerak bo‘ladi. Necha kun ichish kasallikning og‘ir-yengilligiga, eski-yangiligiga qarab belgilanadi.
  • Oshqovoq suvi jigarga nihoyatda foydali, u sariq kasalligining oldini ham oladi.
  • Quruq o‘rik (turshak) peshob haydovchi bo‘lgani uchun jigar faoliyatini yaxshilashda qo‘l keladi.
  • Bodring, sabzi va lavlagi suvini olib, aralashtirib ichilsa, jigar xastaliklarini davolaydi.
  • Jigar qurishi kasalini bartaraf etishda 60 gr. asalga 3 gr. bog‘ yalpiz suvini qo‘shib uch mahaldan ichiladi.
  • Jigar kuchsizligini davolashda za’faron, anor doni va mayizni urug‘i bilan chaynab yeyish qo‘l keladi.
  • Har kuni 3,5 gr. zira iste’mol qilib yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
  • Shirin anor suvini muntazam iste’mol qilib yurilsa, jigar tozalanadi va quvvati ortadi.
  • Baliqni olovda kabob qilib yeyilsa, zaiflashgan jigarga juda foydali.
  • Kuniga uch donadan achchiq bodomni asalga qo‘shib yeb yurilsa, jigar xastaliklariga davodir.
  • O‘n besh gramm qovun urug‘i yanchib yeyilsa, jigardagi tiqinlarni ochadi.
  • Qurutni suvda ezib ichilsa (qurtob) jigar haroratini pasaytiradi.
  • Limon suvini shakarli choyga aralashtirib ichilsa, jigarga quvvat bag‘ishlaydi.
  • Kuniga 80-100 gramm shavel yeb yurilsa, jigarni mustahkamlaydi.
  • Yigirma gramm semizo‘t urug‘ini yanchib elakdan o‘tkazib, shakarli suv bilan ichilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
  • Shirin olma sharbati va anjir jigarni quvvatli qiladi.
  • Xom xondon pista mag‘zi jigar sovuqligiga davo.
  • Oshqovoq suvda qaynatib yeyilsa, jigar haroratini pasaytiradi.
  • Bir yarim-ikki gramm qalampirmunchoqni yanchib, yangi sog‘ilgan sigir suti bilan nahorga ichilsa, jigarga quvvat beradi.
  • Sabzini suvda qaynatib, so‘ng u asalga qo‘shib yeyilsa, qonni tozalaydi va jigarga yordam beradi.
  • Sirka va asal qo‘shib yeb turilsa, jigar xastaliklariga shifo bo‘ladi.
  • Jigari xastalangan bemorlar tovuq go‘shti, anor, mayiz, no‘xat iste’mol qilishlari, qatiq ichib turishlari kerak.
  • Agar jigaringiz kamquvvat bo‘lsa, ravoch ildizini mayda kesib, quritib, havonchada yanchib shisha idishga solib qo‘ying-da, undan ertalab yeb turing.
  • Jigar og‘rig‘ini qoldirishda na’matakdan damlangan choy eng shifobaxsh malhamlardan sanaladi.

Manba: Darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Jigarni sog‘lomlashtiruvchi va unga quvvat beruvchi malhamlar