08:02 / 31.01.2018
18 874

Zira — ozish uchun eng yaxshi ziravor

Zira — ozish uchun eng yaxshi ziravor
Ozishga olib boruvchi yo‘lning to‘g‘ri ovqatlanish va muntazam mashqlar orqali o‘tishi hech kimga sir emas. Lekin ozish jarayonida ma’lum rolni bajarishi mumkin bo‘lgan bir ziravor bor. Bu ziravor qanday nomlanadi?

Zira
Zira — ovqatga solinadigan va yog‘ hujayralarining to‘planib qolishini kamaytirish orqali ozishga yordam beruvchi ajoyib ziravor. Bu ziravor ortiqcha vazn yig‘ilishining oldini olishdan tashqari, oldindan mavjud bo‘lgan ortiqcha kilogrammlardan qutulishga ham yordam beradi.

Zira yog‘ to‘qimalari foizini jiddiy ravishda kamaytiradi

Eron tibbiyot fanlari Universitetida o‘tkazilgan tadqiqotlarda o‘z ratsioniga zirani kiritgan ayollar organizmida yog‘ to‘qimalari 14 foizga kamaygani, shu vaqtning o‘zida, nazorat guruhi qatnashchilariniki esa hatto sog‘lom yashash tarziga qaramasdan 5 foizga kamaygani aniqlandi.

Zira uyqu sifatini yaxshilaydi
Agar siz uyquga to‘ymasangiz, unda ko‘proq yeysiz — to‘yib uxlamaslik ishtahani nazorat qila olmaslikka va metabolizmning sekinlashishiga olib keladi. Zira uyqusizlik bilan kurashishga yordam beradi.

Zira qondagi shakar miqdorini normallashtiradi
Zira hujayralarning insulinga va glyukozaga bo‘lgan moyilligini kuchaytirish yo‘li bilan qondagi shakar miqdorini ushlab turishga yordam beradi. Zira qondagi shakar miqdorini nazoratda tutib turish bilan uglevodlarga bo‘lgan intilishni yengadi va sizda to‘qlik hissini uzoqroq saqlab turadi.

Zira ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Zira hidi og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak bezlarini faollashtiradi, bu esa hazm qilish qurilmasini ishga tushiradi va uning birinchi bosqichini yaxshilaydi. Zira tarkibidagi timol moddasi ovqat hazm qilish va singdirishda ishtirok etuvchi kislota, o‘t va fermentlar ishlab chiqaruvchi bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Shuningdek zira yel haydovchi vosita hisoblanadi, ya’ni u gaz yig‘ilishi va qorin damlash muammolarining ham yechimi ekanligini bildiradi.

Zirani parhezga kiritish namunalari
Bu ziravor qovurilgan va dimlangan sabzavotlarga juda mos keladi. Uni uyda tayyorlanadigan xummusga, loviya va yasmiqli sho‘rvalarga, odatdagi guruchning mazasini yaxshilash uchun qo‘shish mumkin. Yogurtga aralashtirilgan qovurilgan zira urug‘i ich qotishda yordam beradi. Siz hatto bu ziravordan choy damlasangiz ham bo‘ladi: zira urug‘larini suvda qaynating va 10 daqiqa damlab qo‘ying.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Zira — ozish uchun eng yaxshi ziravor