07:05 / 03.02.2018
9 787

Organizmni 10 kunda tozalaymiz

Organizmni 10 kunda tozalaymiz
Atrof-muhitning yaxshi emasligi, mahsulotlar tarkibida kimyoviy moddalarning ko‘payib borayotganligidan organizmimiz ularni o‘zi chiqarib tashlashga qiynaladi. Xo‘sh, unga qanday yordam berish mumkin?

Shifokorlar ichki a’zolar va tizimlarni uy sharoitlarida mustaqil tozalashning xavfliligi haqida ogohlantirishadi. Keraksiz moddalardan yengil xalos bo‘lishga yordam beruvchi mahsulotlarni iste’mol qilgan holda to‘g‘ri ovqatlanish esa hamisha foydalidir.

Meva-sabzavotli parhez
Organizmni yig‘ilib qolgan zaharli moddalardan tozalab, ko‘p miqdordagi kletchatka evaziga ichak foliyatini yaxshilashga 10 kunlik meva-sabzavotli parhez yordam beradi.

Ba’zi sabzavotlar va mevalarni yetishtirish chog‘ida ularda ximikatlar va nitratlar to‘planadi. Ularni iste’mol qilishdan oldin limon suvi va dengiz tuzi qo‘shilgan suvda yuving. Nitratlar miqdorini ancha kamaytirish uchun sabzavotlar va ko‘katlarni 15-20 daqiqa sovuq suvda ushlab turing (ildizmevalar va karamni oldindan kichik bo‘laklarga bo‘lib oling). Karamning o‘zagini, sabzi va bodringning “dumcha”sini, ko‘katlarning bandini kesib tashlang.

Nitratlarni zararsizlantirishning oddiy yo‘li – bu sabzavotlar yoki ildizmevalarni qaynatish. Limon kislotasi va anor suvi ham nitartlarni zararsizlantirish qobiliyatiga ega, ulardan salatlarni tayyorlashda foydalanganingiz ma’qul.

Parhez paytida gazsiz suv, ko‘k va o‘tli choy ichish mumkin.
Kechki ovqatga “Supurgicha” salatini tayyorlang. Xom lavlagi, sabzi va karamni mayda to‘g‘rab, zaytun yog‘i va limon suvini qo‘shing.

Qovoqli taomlar jigarni tozalaydi
10 kun davomida har kuni ertalab toblab pishirilgan qovoq va qaynatilgan sabziga zaytun yoki kunjut yog‘i qo‘shib tayyorlangan salat iste’mol qiling. Tushlikka – qovoq, bulg‘or qalampiri, brokkoli, pomidor va kartoshka qo‘shib tayyorlangan sho‘rva va qaynatilgan kurka go‘shti, kechki ovqatga esa – qovoq, qovoqcha va pomidorli ragu va ozroq baliq (qaynatilgan yoki toblangan) yeng. Kun davomida olma, nok tamaddi qilishingiz, qo‘shimchalarsiz kefir, ko‘k choy, quruq mevalardan tayyorlangan kompot va gazsiz suv ichishingiz mumkin. Shakar qo‘shmang. Shirinlik istasangiz, kechasiga 1 osh qoshiq na’matak qiyomidan ichishingiz mumkin. Shuningdek, asal ham iste’mol qilganingiz ma’qul. 2-3 kilogrammli qovoqni yuvib, ustki qismini kesib tashlang. Qoshiq bilan urug‘i va go‘shtini tozalab oling. Qovoqqa tabiiy asal quyib, “qopqoqcha”sini yoping va 10-12 kun iliq va qorong‘i joyga qo‘ying. So‘ng asalni shisha idishga quyib, muzlatgichga qo‘ying. Nonushta, tushlik va kechki ovqatdan 15 daqiqa oldin 1 osh qoshiqdan 3 hafta davomida qabul qiling.

Faollashtirilgan ko‘mir
Bu qora tabletkalar zaharli moddalar, og‘ir metallarning tuzlari va hokazolarni o‘ziga shimib olish qobiliyatiga ega.

Ko‘mir bilan tozalash 7-10 kun davomida o‘tkaziladi. Miqdorini hisoblash oson: 10 kg tana vazniga 1 tabletka, har kuni 1-2 mahal ovqatdan 2 soatdan keyin bir stakan gazsiz suv bilan ichiladi.

To‘g‘ri, ko‘mir zararli moddalar bilan birga foydali moddalarni chiqarib yuboradi, shuning uchun tozalashdan keyin vitaminli-mineralli to‘plam qabul qilish kerak.

Yog‘ bilan zig‘ir urug‘i tindirmasi
Zig‘ir urug‘ining yog‘li tindirmasi ham zararli moddalarni organizmdan chiqarilishini tezlashtiradi. Shisha idishga 100g zig‘ir urug‘ini solib, ustiga bir stakan tozalanmagan o‘simlik yog‘ini quying, aralashtirib, og‘zini yopib, 7 kun qorong‘i joyda xona haroratida saqlang. Tayyor bo‘lgach, har kuni ovqatdan oldin 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi.

Kurkuma “yomon xolesterin”dan xalos qiladi
Bu ziravorning tarkibiga kiruvchi kurkumin organizmdan zararli moddalarni chiqaradi, ximikatlar va insektitsidlar bilan zaharlanishda yordam beradi, ichakni ortiqcha shilliq moddalardan tozalaydi, “yomon” xolesterinni chiqaradi. Uni taomlar va ichimliklarga qo‘shing, uxlashdan oldin esa 1 choy qoshiq kurkuma qo‘shilgan bir stakan sut iching.

O‘tli damlamaning shifosi
Uzoq vaqt davomida o‘tli damlama ichish mumkin. U ichak, qon va jigarni zaharli moddalardan yumshoq tozalaydi.

Maydalangan bo‘znoch gullari, qoraandiz ildizi, qichitqi o‘t barglari, itshumurt qobig‘i, zig‘ir urug‘i, na’matak mevasi, qizilpoycha, dastorbosh, qirqbo‘g‘in va ittikanak o‘tlarini teng qismda aralashtirib, 1 stakan qaynoq suv qo‘ying va suvli hammomda 25 daqiqa qaynating. So‘ngra 45 daqiqa tindirib, suzib oling. Qaynagan suv qo‘shib, avvalgi miqdorga keltiring. Har kuni ovqatdan oldin 1/3 stakandan 2-4 mahal 3 oydan 6 oygacha iching. Har oydan keyin ikki hafta tanaffus qiling.
ShAHZODA tayyorladi.

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Organizmni 10 kunda tozalaymiz