19:02 / 04.02.2018
23 343

Tirik suv va uning shifobaxsh xususiyatlari haqida

Tirik suv va uning shifobaxsh xususiyatlari haqida
Taom siz uchun shifo bo‘lishi, shifo esa taom bo‘lishi zarur. Gippokrat

Tirik suv tabiiy muhitda yer osti va tog‘ manbalari (buloqlar) da uchraydi. «Tirik» suv (ishqorli) a’lo darajadagi kuchaytiruvchi (stimulyator), tetiklashtiruvchi (tonizator), quvvat manbai hisoblanadi, bardam qiladi, to‘qimalarning tiklanishini ta’minlaydi, modda almashinuvini yaxshilaydi, qon bosimini me’yorlashtiradi. “Tirik” suv jarohatlarni, kuyishni, eski yaralarini (jumladan oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yaralari) tez tuzatadi. “Tirik” suvdan osteoxondrozni, aterosklerozni, prostata bezi adenomasini, poliartritni davolash va oldini olishda foydalaniladi. Shunday qilib tirik suv mo‘’jizali shifobaxsh sifatlarga ega.

Insonning 80 foizi suvdan iborat va u zamon va makonning qonuniyatlariga mos holda o‘ziga xos alohida algoritm bo‘yicha rivojlanib, takomillashib boruvchi, o‘zini-o‘zi boshqaruvchi, tirik biologik tizimdir. Biz nimaniki yeb-ichayotgan bo‘lsak, o‘sha narsalardan tashkil topganmiz. Inson organizimdagi birorta qismining yoki bajaradigan vazifasining o‘zgartirilishi, anotomik (yoki tuzilmaviy) korrelyatsiya qonuniga hamda tizimlarning o‘z-o‘zini boshqarish qonuniga asosan, uning boshqa qismlari va funksiyalarining o‘zgarishiga olib keladi.

Tirik suv sayyoramizdagi hayot manbai bo‘lib, biologiyada “tirik suv” axborot tashuvchi hisoblanadi. U bir vaqtning o‘zida ham kislota, ham ishqordir. Bu esa “tirik suv”ga biologik moddaning axborot tashuvchisi rolini bajarish, ikkita kimyoviy muhit orasida axborot quvuri bo‘lish imkonini beradi.

Butun materiya bir vaqtning o‘zida, ham to‘lqin, ham zarra hisoblanadi. Butun materiya bu bir butun tizim bo‘lib, uchta tashkil etuvchilardan massa, energiya va axborotdan iborat.

Asosiy hayotiy unsurlar (qon, limfa, so‘lak, to‘qimalar orasidagi suyuqlik va boshqalar) zaif ishqorli reaksiyaga ega. Ushbu unsurlar muhitida ishqor kamayganda biokimyoviy jarayonlar o‘zgaradi, organizm ayniydi. Bu esa kasalliklarning rivojlanishiga olib keladi.

Har qanday suyuqlik muhitda kechuvchi oksidli-tiklanish reaksiyalari parametrlarini rostlab turuvchi eng muhim faktorlardan biri oksidli-tiklanish potensiali (oxidation-reduction potential) hisoblanadi (ushbu muhitning oksidli-tiklanish potensiali). Sog‘lom odam organizmi ichki muhitining oksidli-tiklanish potensiali, -100… -200 milliVolt (mV). Agar u nol tomonga kamaysa, kasalliklar yuzaga keladi.

Tabiatda juda nodir buloqlar mavjud bo‘lib, ulardagi suvning oksidli-tiklanish potensiali o‘lchanganda manfiy va faollik o‘lchami esa kam ishqorli bo‘ladi. Bunday xususiyatga ega bo‘lgan suv manbasini shifobaxsh, davolovchi deb hisoblanadi.

Tabiiy manbalardan chiqayotgan tirik suv atmosfera havosi bilan reaksiyaga kirishib, kislorodni shimib oladi. Natijada oksidlanish reaksiyasi yuz beradi va 10 – 12 soat davomida suvning oksidli-tiklanish potensiali barham topadi. Demak bunday suvning shifobaxsh xususiyati uni faqatgina ushbu manbadan iste’mol qilingan taqdirdagina namoyon bo‘ladi.

Kislotali xususiyatlarni yaqqol namoyon qiluvchi suv “o‘lik suv” deb ataladi. Uning oksidli-tiklanish potensiali +800 +1000 mV yetadi. “O‘lik suv” kuchli oksidlovchi hisoblanadi va uning dezinfeksiyalovchi va bakteriyalarni o‘ldiruvchi xususiyati aynan shu bilan tushuntiriladi. Demak oksidli-tiklanish potensiali manfiy bo‘lsa, bunday suv tiklovchi hisoblanadi.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek inson organizmining oksidli-tiklanish potensiali -100 mV dan to -200 mV atrofida bo‘ladi, odatda ichimlik suvining oksidli-tiklanish potensiali doimo noldan ancha yuqori bo‘ladi:

- vodoprovod suvi +80 mV dan to +300 mV;

- plastik idishlardagi suvi +100 mVdan to +300 mV;

- quduq, buloq suvi +120 mV dan to +300 mV.

Yer yuzidagi har qanday tirik organizm, har qanday o‘simlik o‘z hayotiy faoliyati jarayonida tashqaridan olgan suvni parchalashga harakat qiladi va bunga ko‘p energiya sarflaydi, faqat shu yo‘l bilangina tirik organizmning yagona bio-energo-axborot muhiti yaratiladi.

Ushbu energiya sarflari natijasida organizmning biologik tuzilmalarida doimiy energetik kuchsizlanish yuz beradi. Organizm yeyiladi, qariydi va hayotiy muhim a’zolarning ishlashi qiyinlashadi. Agar organizm “tirik suv” bilan oziqlanib tursa ushbu jarayonlarni sekinlatish mumkin bo‘ladi, ya’ni “tirik suv” organizmning ichki muhitiga yaqin va uning donori hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida organizmning ichki energiyasini saqlab qolish imkonini beradi. Biroq tabiatda bunday xususiyatlarga ega bo‘lgan suvlar miqdori kamayib bormoqda.

Inson tirik suvni qanchalik ko‘p va tez-tez iste’mol qilib tursa uning sog‘ligi shunchalik yaxshilanib boradi. Nafaqat uni ichish, balki bunday suvga cho‘milish, vanna qabul qilish ham salomatlik uchun matlub va foydali bo‘ladi. Ayniqsa insonning yoshi o‘tgan sari uning tirik suvga bo‘lgan ehtiyoji oshib boradi. Chunki yosh o‘tishi bilan inson organizmidagi suyuqlik miqdori 15% kamayadi. Tibbiyot ilmi, organizmning qarishini sog‘lom yoki kasal to‘qimalar miqdoriga qarab emas, balki undagi suvning miqdoriga qarab belgilaydi.

Demak aslida qarish bu mohiyati jihatidan organizmning qurishi (so‘lishi, qovjirashi), uning ichki va tashqi to‘qimalarida suyuqlikni yo‘qotishi, suvli muvozanatining buzilishidir. Bunday jarayonlarning natijasi o‘laroq to‘qimalarning ichkarisida oksidlanish boshlanadi va uni muqarrar o‘limga yetaklaydi.

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Tirik suv va uning shifobaxsh xususiyatlari haqida