15:02 / 12.02.2018
7 678

Olimlar paratsetamolning inson organizmi uchun xavfini aniqlashdi

Olimlar paratsetamolning inson organizmi uchun xavfini aniqlashdi
Paratsetamol dori vositasi jinsiy gormonlarga salbiy ta’sir qilib, bepushtlik yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi. Bunday xulosaga San-Diyegodagi Human Longevity tashkiloti olimlari kelishdi. Bu haqda The San Diego Union-Tribune nashri ma’lum qildi.

Tadqiqotda 18 yoshdan katta 455 kishi qatnashgan. Bundan tashqari, tahlilga 1880 nafar yevropalik egizak va afroamerikan yoki ispan ildizlariga ega 1235 kishi tekshirilganda olingan ma’lumotlar kiritilgan. Olimlar metabolizm (moddalar almashinuvi) uchun muhim bo‘lgan 700 ta birikma miqdori o‘zgarishini kuzatishgan.

Aniqlanishicha, barcha guruhlarda paratsetamol qabul qilish bilan bog‘liq neyrosteroid jinsiy gormonlar kamayishi kuzatilgan. Bundagi salbiy effekt organizmning gormonal darajada 35 yil qarishiga teng bo‘lgan, bu esa o‘z navbatida platsenta disfunksiyasi va reproduktiv qobiliyatlarning buzilishiga olib keladi. Bu, shuningdek, asab tizimi kasalliklarga olib keladi hamda homila tushib qolishi yoki homila rivojlanishida nuqsonlar xatarini oshiradi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Olimlar paratsetamolning inson organizmi uchun xavfini aniqlashdi