19:22 / 15.02.2018
10 284

Shifokorlar nega ko‘p suv ichishni tavsiya etishadi?

Shifokorlar nega ko‘p suv ichishni tavsiya etishadi?
Sog‘lom odam kuniga o‘rtacha 2 litr suv ichishi kerak. Bu – shifokorlar tavsiyasi. Miya hujayralaridan tortib vujudimizdagi barcha a’zolar suv bilan hayot. Ko‘p suv ichsak, tanamizning suv yo‘qotishi oldini olamiz.

Suvning vujudimizga foydalari:
– Tanadagi haroratni mo‘’tadillashtiradi.
– Jigar hamda buyrakdagi zaharli moddalarni yuvadi.
– Tanani jarohatlardan asraydi.
– Hujayra bilan to‘qimalarning bir-biriga yaqinlashishini ta’minlaydi.
– Teri hujayralari sog‘lom ko‘rinishiga yordam beradi.

Voyaga yetgan inson tanasida 40-50 litr suv bo‘ladi. Qonning 83 foizi, to‘qimalarning 75 foizi, miyaning 74 foizi, suyaklarning 22 foizi suvdan iborat. Tanadagi suvning 20 foizi yo‘qolsa, inson halok bo‘ladi.

Yetarli miqdorda suv ichilmasa:
– Miya sekinlashib, odam dangasa bo‘lib qoladi.
– qon quyuladi.
– qabziyat yuz beradi.
– peshob sarg‘ayib ketadi.
Ziyovuddin RAHIM
"Baxtli hayot sari" kitobidan

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Shifokorlar nega ko‘p suv ichishni tavsiya etishadi?