«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida»gi qonunga asosan davlat davolash-profilaktika muassasalari tomonidan aholiga kafolatlangan tibbiy va boshqa turdagi yordam bepul ko‘rsatiladi. Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy yordam hajmidan tashqari xizmatlar esa qo‘shimcha hisoblanadi va ular uchun belgilangan tartibda pul to‘lanadi.
Davlat tomonidan kafolatlangan tibbiy xizmatlar doirasiga qanday tibbiy xizmatlar kiradi?
O‘zbekiston Prezidentining 1998 yil 10 noyabrdagi 2107-farmoni bilan tasdiqlangan «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi»ga asosan davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy xizmatlar doirasiga quyidagilar kiradi:
— shoshilinch, kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish;
— sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida va bir qator davlat davolash-profilaktika muassasalarida, birinchi navbatda qishloq joylardagi tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
— aholini yuqumli kasalliklarga qarshi immunizatsiyalash va emlash;
— ijtimoiy ahamiyatga ega va atrofdagilar sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi sil, xavfli o‘sma, ruhiy, narkologik, endokrinologik hamda kasb kasalliklariga duchor bo‘lgan shaxslarga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko‘rsatish;
— bolalarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash (pulli muassasalardan tashqari);
— 15-17 yoshdagi o‘smirlarni hamda chaqiruv komissiyalarining yo‘llanmalari bilan chaqiriq yoshidagi (18-27 yosh) shaxslarni tekshiruvdan o‘tkazish va davolash;
— homiladorlarga tibbiy xizmat ko‘rsatish (pulli muassasalardan tashqari);
— bemorlarning imtiyozli toifalariga (nogironlar, urush veteranlari, g‘irt yetimlar va boshqalar) bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?