Dunyoning yetakchi olimlari fuqarolarga hech bo‘lmaganda haftasiga bir marotaba yog‘li baliq iste’mol qilishni uqtirishmoqda. Bu skeleroz xastaligi rivojlanishiga jiddiy to‘siq vazifasini o‘tarkan. Shubhasiz, xastalikning kushandasi yog‘li baliq tarkibidagi “Omega-3” yog‘ kislotasi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, skeleroz autoimmunial xastaliklar oilasiga tegishli. Ya’ni, odam organizmida immunitet asab tolalariga, miya neyronlariga ommaviy hujum uyushtiradi. Natijada inson skelerozga duchor bo‘ladi.
Tadqiqotlarda bir yarim ming nafarga yaqin ko‘ngilli ishtirok etdi. Ularning barchasi deyarli haftasiga ikki-uch marotaba yog‘li baliq iste’mol qilishdi. Baliqqa hech narsa aralashtirilmadi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, ishtirokchilar alohida ko‘rikdan o‘tkazildi va yuqorida qayd etilganidek, baliq iste’mol qilish natijasida ularning aksariyati organizmida skeleroz xastaligiga chalinish xavfi 45 foizga kamaygani ma’lum bo‘ldi. Mutaxassislar baliqning yo‘g‘onbosh, sazan, cho‘rtan kabi turlari, ayniqsa, juda foydali ekanini ta’kidlashdi.
— “Omega-3” yog‘ kislotasi, — deyiladi shu mavzuda e’lon qilingan maqolada. — Miya qismimizda alohida himoya doirasini bunyod etadi. Bu doira neyronlarni turli xavflardan himoya qiladi. Shubha yo‘qki, baliq iste’moli nafaqat skeleroz xavfini yo‘qqa chiqaradi, balki, ko‘rish qobiliyatimizni ham yaxshilay boradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi