Bugun biz ko‘z uchun foydali bo‘lgan va ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari to‘g‘risida gapirmoqchimiz.
Ko‘rish qobiliyatini yaxshilashda qorag‘at (chernika) va sabzi juda foydali deyishadi, lekin bu yetarli bo‘lmaydi. Ular tarkibida lyutein, zeaksantin moddalari ko‘p bo‘lgan yashil va sariq sabzavotlar bilan qo‘shib iste’mol qilinganda ko‘rish qobiliyati yaxshilanish bilan birga ko‘zlar ham mustahkamlanadi.
Ko‘rish qobiliyatini saqlashda va ko‘zlarimiz holatini yaxshilashda yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlari ro‘yxati:
Ismaloq, karam, mayda qovoqcha, makkajo‘xori va brokkoli – ko‘z uchun eng foydali hisoblanuvchi birinchi beshtalikka kiruvchi oziq-ovqat mahsulotlari.
Bryussel karami, salat yaprog‘i, qo‘zoqli loviya, pista va tuxum – ikkinchi beshtalikka kiruvchi mahsulotlar.
Mutaxassislar maslahatiga ko‘ra har ovqatlanishda bu oziq-ovqat mahsulotlarining birortasini salat sifatida iste’mol qilish – har doim ko‘zning oziqlanib turishini ta’minlaydi. Shuningdek, baliq va uning yog‘ kislotasi Omega 3 hamda greypfrut ham tavsiya qilinadi.
Shuni unutmangki, ko‘rish qobiliyatining pasayishiga ichish, chekish kabi yomon odatlar va semizlik, yuqori qon bosimi ham sabab bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi